Davlat Nazar: PREZIDENT TUHMATChIMI, JANOB TOShXO'JAEV?

Shu yilning 12 oktyabr' kunida tashkil etilgan matbuot brifingida Toshkent shahar IIBB rasmiy vakili Doniyor Toshxo'jaev ichki ishlar idorasi tergovchisiga nisbatan tuhmat qilgan Facebook foydalanuvchilari O'zbekiston Respublikasida o'rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ma'lum qilgani kun.uz sayti xabar qilgan edi. Ushbu xabarda Doniyor Toshxo'jaevning «Sergeli tumani tergovchisi unga tuhmat qilgan fuqarolarga nisbatan qonuniy choralar ko'rishni so'rab murojaat qildi. Biz murojaatni qabul qilib, tuhmat qilganlarni topib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko'rishi uchun shahar prokuraturasiga topshirdik. Agar internet foydalanuvchilari bizning xodim ayblanuvchidan qandaydir mukofot olganini da'vo qilishsa, dalil keltirishsin. Bizning qonunchilikda tuhmat haqida modda bor. Foydalanuvchilar tergovchini poraxo'rlikda ayblashdi. Biz esa, buning tuhmat ekanini isbotlash niyatidamiz», – degan edi so'zlari keltirilgan edi.
Kun.uz saytining kechagi xabarlariga ko'ra esa 2 noyabr' kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida mazkur ish yuzasidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari qaysi bosqichda ekaniga oydinlik kiritgan Toshxo'jaevning so'zlariga ko'ra, bugungi kunga qadar mazkur ish deyarli 80 foiz yakuniga etib qolgan. Unda 200 ga yaqin Facebook foydalanuvchisining yozgan fikrlari o'rganilgan. Shundan O'zbekiston Respublikasi JKning tuhmat qilish moddasiga mos tushuvchi holatlar bo'yicha 10 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar to'planganidan so'ng, ko'rib chiqish uchun shahar prokuraturasiga taqdim etiladi.
Bu xabarlarni o'qib men janob Toshho'jaevga ba'zi maslahatlar bilan “aql o'rgatish»ga jazm qildim:
Boshlagan ishingiz tahsinga loyiq. Menimcha tashabbusingiz shubhasiz O'zbekiston tarixida qoladigan voqea. Faqat janob Toshxo'jaev siz qonunning barcha uchun barabarlik printsipidan kelib chiqib ishni PREZIDENTIMIZDAN BOShLANG!
Sababi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti iyul oyida Toshkent viloyatiga tashrifi yakunida «Dunyoqarashingni o'zgartirmasang, kech bo'ladi. Senga o'n kun muhlat, qadamlaring baribir yoqmayapti. Bitta o'zing qolding, hammani ishdan oldim. Man o'zi prokuror deganni, kechirasizlaru, judayam yomon ko'raman. Buni ochiqcha aytayapman. Tuman hokimi, viloyat hokimi bo'lib ishlaganimda ko'rganman. Bu noinsoflar prokurorcha bo'lib, yurishi o'zgarib qolishini, odamni mensimay qo'yishini juda yaxshi bilaman. Juda yaxshi bilaman.
O'zi birinchi o'g'ri ular. Yana hammani o'g'rilikka da'vat qiladi. Eng katta o'g'ri ular.”
Deya prokurorlarni “o'g'irlikda aybladi” Bu ham etmaganiday “ Hamma aravani birdek tortishi kerak. Odamlarni rozi qilish kerak. Prokuror qachon yaxshi yashaydi? Xalq yaxshi yashasa! Lekin bularning uylarini qaranglar! Mashinalarini qaranglar! Nima, ular atom reaktori yaratganmidi? Bir-ikkitasi familiyasini to'g'ri yoza olmaydi. Lekin prokuror bo'voladi, tanish-bilish bilan, keyin g'o'ddayadi. Shuning uchun yomon ko'raman ularni. Bular izdan chiqib ketgan EDI. Mana endi halol ishlashga harakat qilayotgan odamlar bilan ishlayapmiz. Ularga sharoitlar yaratib berayapmiz», deb hurmatli prezidentimiz ayrim prokurorlarni savodsizlikda ham “aybladi”.  Qiziq janob Toshxo'jaev nega jim. Yoki Prezidentimizning bu gaplarini o'qimagan, eshitmagan ekanda! Xo'sh sizningcha, Prezidentning bu aytgan gaplari yolgonmi? Balkim tuhmatdir? Yo'q !.!! Bu gaplar huquqni muhofazasi bilan bog'liq organlaridagi haqiqiy ahvolini ko'rganidan va bilganidan keyin vulqon kabi yurakdan beixtiyor otilib chiqqan tug'yonlari edi. Siz esa ijtimoiy tarmoqlarda o'z fikrini bildirishga intilayotganlarni “tilini kesishni” istayapsiz!! Endigina o'z dardini va fikrini aytishni o'rganayotgan jabrdiyda halqimizni yana ko'r va saqov qilishni istayapsiz! Agar ijtimoiy tamoqdagilarni o'z fikrini bildiruvchilar deb emas, tuhmatchilar deb hisoblasangiz, unda ishni qo'lingizdan kelsa Prezidentdan boshlang!!!

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *