Davlat Nazar: Aldagani Prezident yaxshimi?

Paxta terimidagi ko'zbo'yamachiliklarni hammaga oshkora etilishi Prezidentning joylardagi hokimlaru, amaldorlarga bergan o'ziga xos “signal” deb o'ylayman. Bu bilan yana bir bora Shavkat Miromonovich joylardagi barcha muammoyu, yutuqlardan xabardorligini, Vatan ravnaqi uchun ishlash , halqqa xizmat qilish niyati bo'lganlarga uchun yolg'onlardan, soxta “urachilik” odatidan voz kechish lozimligini eslatmoqda.
Darhaqiqat joylarda soxta “raportlar”, yolg'on raqamlar va va'dalar, xo'jako'rsin tadbirlar, turli ko'zbo'yamachiliklar faqat paxtachilikda emas, boshqa sohalarda ham borligini hech kim inkor etolmaydi. Buni HALQ biladi, PREZIDENT ko'ryapdi.
Janob hokimlar! Janob amaldorlar!
Atrofga qarang, davr o'zgaryapdi. Yolg'onlar davri o'tdi. Prezidentni, xalqni aldash bilan nimaga erishish mumkin. Yo'q narsa paydo bo'lmaydi, muammo o'z o'zidan echimini topmaydi, botqoqqa tushib ketaveramiz, xalos. O'zingizni o'zingiz aldayapsiz, farzandingizni, nevarangizni, keksa ota onangizni aldayapsizku, nahot tushunmaysiz?
Bugun maqtov eshitarsiz, orden olarsiz, suratingiz gazeta va jurnallar sahifasidan tushmas, ammo xalkimizda bir maqol bor “kasalni yashirsang, issig'i oshkor qiladi”. Qolaversa vijdon, el yurtni ishonchi oqlash degan narsalar borligini esdan chiqarmaslik kerak. Mansab o'tkinchi, ammo qilingan ishlar tarixda qoladi. Ertaga mansab egalariga amalga oshirgan ishlariga qarab baho beriladi, soxtakorliklar yuzaga qalqib chiqadi suvdagi po'kak kabi.Rahbarlikni eplolmasa, yangichasiga ishlolmasa yaxshisi, mard bo'lib o'rinni bo'shatsa, xalk qarg'ishini olmaydi. Men joylardigi amaldorlar Prezidentimizning har bir gapini uqishini, xalqning dardi bilan yashab, yurt kelajagi uchun yonib ishlashini istardim. Nomigagina qilinadigan ishlardan, kompaniyabozlikka berilib o'tkaziladigan tadbirlardan voz kechaylik, HAMMAMIZ. Oddiy dehqondan tortib to Hokimlargacha.
Prezident “signal”ining maqsadi ham shu bo'lsa kerak. Shundagina O'ZBEKISTONIMIZning kelajagi chinakamiga BUYuK bo'ladi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *