Davlat Nazar:  Bizdan tortib olingan  poytaxt

 

Jiyanim uch oycha burun jonajon poytaxtimiz Toshkentda yashovchi xolasiniga borib bir haftacha  mehmon bo'lib keluvdi. Yaqinda MIB xodimi kelib, jiyanimni Toshkentda “propiskasiz uch kundan ortiq yurgani uchun EKIH ning uch barobari miqdorida jarimaga tortilganligini” aytib keldi.  Bo'lar ish bo'libdi. Jarima to'landi.

Ammo o'ylanib qoldim,  Rossiyaga borsangiz ham etti ish kuni “registratsiya”siz  yurish huquqimiz bor. Rossiya xorijiy davlat,  tushunsa bo'lar, lekin ona yurtingning poytaxtiga mehmonga borishga bo'lgan huquqing shu qadar cheklangan bo'lsa alam qilar ekan.

Bir paytlar “non shahri”  deya dong taratib o'zga yurtlardan kelganlarga  mehr muruvvat ko'rsatgan Toshkentimizni- Vatanimiz poytaxtini  bugun amaldorlar va boyvachchalar o'zbek halqidan tortib olganini ko'ryapmizu,  nechun g'iring deyolmaymiz!

Toshkentda yashash uchun , uy joy sotib olish uchun  nega  oddiy halqning haqqi yo'q?

Turli  vaj qilib o'tirmang, bularning bari bahona sabab emas! Bu sobiq sho'ro zamonidan  qolgan va ikki marta rivojlangan illlat!

Toshkent “propiskasi”ning rasmiy narxi deyarli 400 million so'm qilib qo'yilgani qaysi mantiqqa to'g'ri kelishini o'z amali orqali  “toshkentlik”ka aylanib qolgan amaldorlardan birontasi tushuntirib bersin,  mendaqa omiga?

 

Nima,  Toshkentni  faqat «boylar va amaldorlar shahri»ga aylantirilganini qonuniy qilib qo'yganlar    viloyatlardan kelgan oddiy halq vakillari bilan bir havodan nafas olishdan,  yonma yon qo'shni bo'lib yashashdan or qiladilarmi?

 

Kontitutsiyamizda barcha fuqoralarning teng huquqligi ko'rsatilganiga qaramay,    400 million so'm puli bo'lmagan,  yoki  amaldor bo'lmaganlarni konstitutsion  huquqini paymol qiluvchi  Toshkent shahri va viloyatida yashash erkinligi cheklash bilan bog'liq qarorni bekor qilish davri kelmadimikan?

Konstitutsion sudimiz qayoqqa qarayapdi?

Janob Amaldorlar  bizga oddiy xalqqa qaytib bering poytaxtimizni!

Zero Vatanimiz poytaxti faqat boylarniki  emas,  oddiy zahmatkash  xalqniki hamdir!

3 kommentariya

  1. Yozish kerak. Murojaat qilish kerak.
    IIB.ga vaqtincha rõyxatga qõydiraman desa muammo bir kelganda bir kelganda navbat kutib charchab kunni tun qilib ishni tugadi deyishsa boshqa kun profilaktika kuni bõladi. va yana boshqa kuni esa pechat bõlmaydi…

  2. Nega bizni melitsislar shunaqa AAA Chet eldagi lar yetadi.. Ahir I’d I mix no yurtimiz bo’lsa bemalol poytaht ko’chalarida ham yurolmasak qandey tushinish mumkun…yana bunaqa bor.. Uzbeklar mehmondo’st halq qani mehmon do’stligi ..

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *