Chivin mo''jizasi

Turkiyaning Istambul shahrida bo'lib o'tgan Qur'oni Karimdagi ilmiy ishoralarga bag'ishlangan 10-dunyo halqaro konferentsiyasida Al-Azxar universitetiga qarashli, yuqimli kasalliklar instituti direktori, biolog va professor Mustafo Ibroxim Xasanning ma'ruzasi tinglandi.Unda quyidagi oyatda qilingan ilmiy ishoralar ochiqlandi:

«Albatta, Alloh chivin yoki undan zaifroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u — Robbilaridan kelgan haqligini biladilar. Ammo kufr keltirganlar esa Alloh bu misoldan nimani iroda qiladi, deyishadi. U bilan ko'pchilikni zalolatga ketkizadi va ko'pchilikni hidoyatga soladi. U bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizadi.»
(Baqara surasi, 26- oyat)

Qur'oni Karimning bu oyatida Alloh taoloni «uyalmas» kalimasini ishlatishi, uni o'zi yaratgan chivinda shu qadar katta mo''jiza bor ekanligini va chivinni misol keltirish uyaladigan ish emasligini, aksincha Alloh naqadar buyuk ixtirochi ekanini anglab etasiz.

Shu davrlargacha bu oyatlar o'qib kelingan bo'lsada, o'quvchi bu oyatda nimalar yashirin, nega Yaratguvchi aynan chivinni misol keltirgan va bu misoldan nimani iroda qilganini hech kim bilmas, tushunib etmas edi.
Bugungi ilm-fan chivin -Yaratguvchining eng ajoyib buyuk mo''jizasi ekanini isbotlab turibdi.

Chivinni fanda 3000 dan ortiq turi mavjud.Ushbu oyatdan ko'plab ajoyib narsalarni bilib olamiz. Oyatdagi » بعوضة » kalimasidan biz chivinni urg'ochi jinsida ekanini anglaymiz. Bu ham fan uchun bugun yangilikdir.

Insonlar faqat ayol jinsidagi chivinga ro'baro' kelishar ekan, chunki chivinni tuxum qo'yishi, ko'payishi uchun (erkak chivin emas) aynan inson qoni zarur. Qo'yilgan tuxumni qurtlarga aylanish jarayonining o'zi esa alohida butun boshli katta bir ilm. Qo'yilgan tuxumlardagi qurtlar (lichinka) o'z chig'anoqlarini uch bor o'zgartirar ekan. Bu juda qiziq, qanday qilib qurtlar o'zlarini uch marotaba chig'anoqlarini o'zgartirib, chivinga aylanishadi? Ha, bu aynan o'sha, Yaratguvchining kichik bir buyuk mo''jizasi bo'lib bizlarga undan ibrat olishimiz uchun eslatishi ekan.

Chivinni odam tanasidan qon so'rib olish jarayoni ham juda murakkab bosqichlar orqali amalga oshadi. Chivin odam tanasiga kelib qo'ngach, lablaridagi sezgir xartum bilan o'zi uchun qulay qon so'rish joyini aniqlab topadi. Uning qon so'rib oluvchi ignasi esa go'yo meditsinada ishlatiladigan shpritslarga o'xshaydi. Unda maxsus qoplama devorlari bo'lib, qon so'rish paytida orqaga surilar ekan. Qon so'ruvchi xartum shunday murakkab va puxta ixtiro qilinganki, teri ichiga «arralab» kirib borish, qon tomirini izlab topish va so'rib olish ishlarini juda aniqlik bilan bajaradi. Qon so'rg'ich xartumcha qon tomiriga etib borgach, arralab kirib borish jarayoni o'z o'zidan to'xtab, qon so'rish boshlanadi.

Inson qonida uni ivib (tashqarida qotib) qolishi bor.Chivinda esa bu xolatga ham qarshi avvaldan «tayorgarligi» bor(?!), ignaxartum tanaga kirib borish jarayonida shunday suyuqlik yuboradi-ki, natijada suyuqlik qonni to so'rib olingunga qadar qotib qolishiga yo'l qo'ymaydi, qon qotmasdan uning xartum so'rg'ichi orqali so'rilib boraveradi. Suyuqlikning yana bir mo''jizasi shundaki, chivin inson terisiga o'tirgach, ignasidan «yuborilgan» suyuqlik terini sezish qobiliyatini o'ldirib, og'riqsizlantirish jarayonini boshlaydi, shuning uchun ham biz chivin qonni so'rib bo'lganidan keyingina, ya'ni suyuqlik o'z ta'sir kuchini yo'qotkandagina sezar ekanmiz.

Bu aniqlangan bilimlar — fan oldiga bir qancha ajoyib haqli savollarni qo'yadi:

1.Chivin insondan qon so'rib olishi uchun uni og'riqsizlantirish lozim ekanini qayoqdan bildi?

2. Avvaldan o'ziga kerak bo'ladigan suyuqlikni o'z tanasida tayyorlash uchun chivin uning kimyoviy tuzilmasini bilishi lozim edi, buni qanday bildi?

Mayli, qaerdandir bilib oldi ham deylik, ammo u suyuqlikni tayyorlash uchun bilasizmi qanaqangi «dastgohlar» lozim bo'ladi?

Javob esa oddiy: Butun olamlarni yaratgan Buyuk Yaratguvchi Alloh uchun insonni ham, chivinni ham yaratish hech qanday muammo emas.

Xullas, tom ma'noda mo''jiza! Tasavvur qiling, agar inson tungi ko'rish moslamasini XX-asrda ixtiro qilgan bo'lsa, chivinda bu narsa uning yaratilishidan bor edi va u hatto insonni tun qorong'usida ham 6 km masofadan sezib, topib kelar ekan.

Muhammad Abdullah tarjimasi

Birinchi izoh

  1. Tarjimaniyam ezg'ilab, mijig'lab tashlabdi, shovvoz! O'zbek tili dod deb yig'layaptti, o'z holiga…

    «Inson qonida uni ivib (tashqarida qotib) qolishi bor.»
    Ay malades! Inson qoni tana tashqarisida tez iviydi, ya'ni qotishadi, deyilmaydimi, ota-bobomiz gaplashib kelgan o'zbekchada, jo'ra!
    «Qon so'ruvchi xartum shunday murakkab va puxta ixtiro qilinganki,»… Bunisi endi «vaщe shedevr»! Til durdonasi! Kim ixtiro qilgan, xartumni?! OLLOH chivinning xartumchasini ixtiro qilmagan, YaRATGAN! Bu gaping bilan OLLOHni ratsionalizator qilib qo'yding-ku, do'st! O'ynab gapirsangam o'ylab gapir, degan gap quloqni chetlab o'tgan ekan-da a?
    Bu saytda MUHARRIR degan shtat bormi? Yo boriyam enasi «ixtiro» qilganlardanmi?

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *