China Railway Tunnel Group va China Coal Technology O'zbekistonda yana bir yirik loyihani boshladi

Amalga oshirilgan o'zgarishlar tufayli O'zbekistonda iqtisodiyotning har xil sohalariga xorijiy investitsiyalar hajmi oshib bormoqda. Ushbu o'zgarishlar yangi ish joylarini yaratishga imkon beradi. Yangi texnologiyalarni kiritib olish ko'p korxonalarning samaradorligini oshiradi, ishlab chiqarilgan maxsulotning sifatini yaxshilaydi.

Ta'kidlash joizki, ushbu siyosat aholining farovonligiga qaratilgan. Ushbu sa'y-harakatlar doirasida ko'mir sohasini takomillashtirishga ham ko'p e'tibor berilmoqda. 7 sentyabr' kuni Xitoyning «China Railway Tunnel Group va China Coal Technology & Engineering Group Corp.» konsortsiumi “Shargunko'mir” AJning modernizatsiyasi yirik investitsion loyihasining doirasida dastlabki tayyorlov ishlarini boshladi.

Tantanali tadbirda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ, «China Railway Tunnel Group, China Coal Technology & Engineering Group Corp.», OAV vakillari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, shu yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Shargunko'mir” AJning modernizatsiyasi” farmonini imzolagan edi. Loyihaning umumiy qiymati 94,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihaning amalga oshirishishlari 2020 yilning birinchi choragida yakunlanishi ko'zda tutilgan.

Qayd etish kerak, o'tgan yilda «China Railway Tunnel Group» kompaniyasi va «O'zbekiston temir yo'llari» aktsionerlik jamiyati «Angren – Pop» elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasini amalga oshirgan. Loyihaning umumiy qiymati 1,7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgandi.

Birinchi izoh

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *