Bo'yniga taxtacha ilingan viloyatliklar

1 046 views

Siz hech shahri azim Toshkentga borganmisiz?! Bormagan bo'lsangiz oynai jahon orqali bo'lsa ham, yoki gazeta-jurnallar orqali ta'rifini eshitgansiz albatta. Toshkent ajoyib shahar, yurtimiz yuragi! Biri biridan ajoyib,zamonaviy inshoatlar, saroylar,ko'ngil ochar maskanlarning hammasi shu erda. Oliy o'quv yurtlarini aytmaysizmi. Bozorlarini, ko'chalarini, hiyobonlarini… Toshkentning bekorga “toshi qand” deyishmaydi. Maqtagan (maqtangan) saring maqtaging kelaveradi. Toshkent haqida qancha gapirsang oz! “Toshkentliklar haqidachi?” deysizmi? Ox! Yomon joyimdan ushladiz-ku! O'zi aslida shu haqida gapirmoqchiman. O'zim asli Toshkent viloyatidanman. Bir necha yillardan beri poytaxtda yashayman…

Yigitga o'lim yo'q, agar o'zini-o'zi o'ldirmasa, degan gap bor. Sizni pistirmada kutib yotgan yotgan xavf-xatarlar orasida bir falokat bor — mahalliychilik. Ma'lumki, o'zbek millati o'z etnik tarkibi tarafdan ancha qurama. Bunda 92 urug'ning qoni bor. Har biri o'ziga tortadi. Agar biron kishini xizmatga qabul qilmoqchi yoki rahbariy o'ringa tayin etmoqchi bo'lishsa, uning ish qobilyati, iste'dodi, layoqatidan ham ko'ra, zimdan qaerlik ekani, ba'zan hatto qaysi urug', tabaqa yoki jamoadan chiqqanini surishtiradilar. Umumdavlatchilik shovinizmi marazidan keyin ikkinchi o'rinda mana shu mahalliychilik turadi. Yomoni, bu narsa millatni zang singari ich-ichidan emiradi va parchalaydi. Yuqumli illat ekanligi bilan xavfli. O'ziga xos bedavo ijtimoiy dardga o'xshaydi.
Yoshlar agar unib-o'sishi, ma'naviy sog'lom bo'lishni istasalar, mahalliychilik kasalidan xuddi vabodan qochganday qochishlari kerak. Bunaqa mahalliychilik ayniqsa studentlar (talabalar) orasida yaqqol ko'zga ko'rinadi. Bir guruhda 25 ta talaba o'qisa ma'lum qismi surxondaryolik, farg'onalik yoki toshkentlik bo'lsin, o'sha “zyoma”lar albatta o'zlaricha ajralib olganliklarini ko'rishimiz mumkin. Ayniqsa poytaxtliklar! Ajralib olganliklari etmaganday boshqa viloyatliklarga past nazar bilan qarashadimi-ey… Chunki ular TOShKENTLIK-da! Ammo unutmaslik kerakki, butun respublikadan odamlar Toshkentga u Toshkent bo'lgani uchun emas, balki poytaxt bo'lgani vajidan keladilar. Aks holda, Toshkent ham istalgan boshqa shahar singari bir shahar. Bas, butun salohiyoti shukuhi da'fatan uning mamlakatimiz poytaxti ekanligi bilan belgilanadi. Faraz qilaylik, poytaxt—Namangan, Samarqand, Jizzax, Qo'qon yoki Buxoroda bo'lganda, fuqaro, jumladan, toshkentliklarning o'zlari ham o'sha yoqqa intilishgan bo'lar edi. Bas, ortiqcha kibrlanishga hech qanday ehtiyoj yo'q. Lekin gap faqat toshkentliklarda emas. Toshkent shahri—O'zbekistonimizning yuragi. Bu erda yuqorida aytganimdek farg'onaliklar, xorazmliklar, samarqandliklar, surxonliklar, buxoroliklar, qo'qonliklar va boshqa iqlim kishilari yashaydi. Tabiiyki, ular “hamshaharlashib”, “hamyurtlashib”, bir-birlari bilan ko'rishib, chaqchaqlashib turadilar. Nima qilibdi. Juda yaxshi. Lekin ba'zi yig'inlarda bu nosog'lom “o'zbirchilik”—biqiq jamoachilik tusini olib ketadi. Odamlar nutq iroq qilganda go'yo, aytaylik, oltiariqliklar qandaydir “mumtoz” kishiga aylanadi: deylik, jizzaxliklar butun respublikani “ushlab” turganday qilib ko'rsatiladi, asakaliklar go'yo “asl o'zbeku” qolganlari-pashmalog' dum; G'uzor-salkam erning kindigi; qaysi viloyatdagi Tentak qishloq-go'yo zukkolar maskani; dunyoda eng aqli raso insonlarni faqat Xorazm bilan O'sh tug'arkan. Emishki qolganlar “erunda”… Mahallachilik — yaxshi, mahalliychilik — yomon. Farqi bir harf, ma'nosi er bilan osmon.

Talabalar o'z yo'liga, ular hali yosh, tajribasiz. Lekin davlat ishida ishlaydiganlardan nima qilmoqda. Odamni kiyinishiga qarab “shaharlik” yoki “viloyatlik”ka ajratish qanchalik to'g'ri. Toshkentlik bo'la turib oddiy-sipo kiyinadigan yoki viloyatlik bo'la turib “olifta” ust-boshda yuradiganlar yo'qmi?! Militsiya akademiyasida jinoyatni ochish yoki kriminalistika fanlarida “kiygan kiyimiga qarab o'g'rini aniqlash” degan maxsus darslar bormi yoki? Unday bo'ladigan bo'lsa kastim-shim, galstuk taqib yurib xalqni pulini shiladiganlar kim? Ular ham viloyatlikmi yoki shaharlik? Yaxshiyam Prezidentimiz viloyatlik. Agarda shaharlik bo'lganida nima qilardik
Shu melisalar jinoyatchini aniqlashda qiynalmasin deya bo'ynimizga qaysi viloyatgan kelganimiz yozilgan taxtachani ilib yurarmidik… Barcha yomon illatlarning ildizi mahalliychilikka borib taqaladi. Jinoyatchi shaharlik bo'ldi nima, viloyatlik bo'ldi nima? U jinoyatchi tamom! Shu joyiga o'rinsiz bo'lsada bir hikoyasifat narsani yozsam:

Bir kuni rahmatlik Sharof Rashidovning qabuliga bir kishi kirib, odamlardan shikva-shikkoyat qila boshlabdi. Emishki, u institutda xizmat qiladi, respublika uchun juda kerakli ixtisoslik egasi, ammo shaharlik og'alar mahalliychilik qilish oqibatida uch yildan buyon kvartira ololmayotgan ekan. “Fanga shunchalik zarur, noyob mutaxassis bo'lsam, — debdi u peshonasini tirishtirib, —buning ustiga, o'zim jizzaxlik bo'lsam!…”

—Nima? Jizzaxlik?

Sharof Rashidov titrab ketibdi va o'sha “jizzaxlik nodir mutaxassisni” qabulidan chiqazib yuboribdi…

—Siz olim emas, ashaddiy ig'vogarsiz. Bu dargohga, men bor ekanman, hech qachon qadam qo'ymang!—debdilar ortidan.

Xullas bu haqida yozmoqchi emasdim! Lekin baribir yozdim. G'aybulla Salomov aytganidek: “ Millatim—o'zbek, Vatanim—O'zbekiston, Poytaxtim—Toshkent. Mana Sizga mening ruhiy “jug'rofiyam”.

Bu bilan barcha toshkentliklar yomon-u qolgan viloyatliklar beg'ubor go'dak kabi oppoq demoqchi emasman. Aslo! Shunday toshkentliklarni bilaman-ki, qarindoshlarim, yaqinlarim qilmagan yaxshilikni kaminaga ravo ko'rishgan. Ammo tan olishimiz kerakki bu kabi mahalliychi insonlar 1 foiz bo'lsa-da bor. Men o'sha bir foizini ham bo'lishini istamayman. Qachongacha Sobiq ittifoqda sindirilgan g'oyalar bilan yashaymiz? Axir barchamiz shu Vatanda tug'ilib o'sganmiz, o'zbekistonlikmiz! “Viloyatliklar o'xshab kiyingan” deya to'g'ridan-to'g'ri diskriminatsiya qiluvchi militsiya xodimlarining qulog'ini hech bo'lmasa shu postlar orqali cho'zib qo'yish kerak.

Jamshid Cho'mich

92 kommentariya

  1. Toshkent boshqacha bölsa kerak a? Agar borib qolsam mashxur bölib ketamanmi? Ana viloyatdan, viloyatdan deyishsa kerak. Menimcha biz özga sayyoraliklarga öxshasak kerak, bölmasa shuncha gap yöq edi.

  2. Uzimi shaxrim kukondan kuymasin odamlari sodda kuli ochig mirishkor puliz bormi yugmi dimaydi toshkenda telfondi zaryat kilib olaydisinam oka sizdan 500 sum xa inson 500 sumga nima beradi ertaga manam bozorga tushib modniy kiyimlar sotib olaman kizil shim kizil tufli kizil kuylak kulimga zanjir uzik keyin bir toshkentga boraman kani biror kishi viloyatlisan disingchi olishaman oddiy kuylak kiygan viloyatlilar

      1. Vagonda urug aymogini olib kelsa sizga nima? Yoki sizni uyizga olib kelishdimi? Yoki siz boqyapsizmi ularni? Eringiz ertalab matizida taksichilik qilib kechqurun pul bn kelishida osha vagonda kelganlarni xizmatini qilib kelyapti. Ayol degani bunaqa befarosat bolmasligi kerak

  3. odamlarnimizni o`zida hamma ayb. Joyiga qarab xushoomad qilavermaslik kerak.
    Amerikalik odam bilan Toshkentlik odamchi? Bittasi shaharlik ikkinchisi qishloqimi?
    Masalan Toshkentni shahar markazidagilar ham greencard yutvolib Amerikani biror qishlog`ida yashashni orzu qiladi.

    Yo bo`lmasa Samarqand shahrida yashovchi shaharlik bilan Toshkent ni Keles tomonida turadigan qishloqlikni farqi bormi? Toshkentlisi qishloqi Samarqand shahridagisi shaharlikmi?

    Hammasi bir pul. Davlat uyini planga tushirib buzib chetroq joydan yer bersa esi joyiga tushib qoladiku

  4. 30 yillar oldin ana viloyatliklar deysa xafa bulsanglar bulardi xozir juda80 bulmasa xam 70foiz viloyatliklarToshkentdaku ana toshkentlilar degan zamon keldi nima keragi bor urtaga sovukchilik tushirib shaxarlikmi viloyatlikmi eng keragi yaxshi odam bulgin juda xamma axil inok yashayapti gap millatada xam emas kiymda xam emas odamni uzida

  5. Toshkeni tinch quyila nimaga hama toshkenga yopishivoldi hama miz musulmonmiz shu muhum masmi mazhabimiz bir dinimiz bir toshken ilim maskani toshken non shahri bironta toshkeli odam ni eshtmagan man san viloyatli deb eytganini shuno degalariyam uzi viloyatan kegan.😊😊

    1. Siz eshitmagan bolsangiz bunaqalar yoq deganimasku. Mana men eshitganman. Oldimda ozi qattan kegan bu boshliq deganini. Osha odamni taniyman. Haqiqiy toshkentlik. Maylida hamma narsani viloyatga tonkab ozizdan masuliyatni soqit qilmang deb yozdim buni.

  6. Toshketda toshketlikla 10foiz qogan shundan 5foozi rus tatar kareys 5foizi ozbek mani usha yozgani ozi xam viloyatli asl toshketlikla odam ajratmidi keb qolib ozidan rus toshketlik yasab olganla ajratadi shuni ya

    1. 5% dan birimiza. Bagrimiza keng , mexmon kelsa eshigimiza ochik , kolib ketishsa xam omadligini bersin . Bizani asrayla . (((( Ammo asablarimiza charchadi xar xil MAYDA gapladan.

  7. Viloyatlik deb yozgan odamni, u’zi xak,ik,iy axmok, odam ekan viloyatda xam shaxardaxam Uzbekiston fuk,orolari yashaydi. Kamsitish ma'nosida yozgan ak,illi u’zi faxmini ishlatib yozgan narsasini ku’rib bir kallani ichidaga ak,ilni ishlatsa, shunda tushinadi. Xatomi yoka ak,ilni u’rniga boshni ishlatib k,u’yganini tushinadi.

  8. Har bir inson uz tugulib usgan joyini boshqalardan ustun quyadi.Buni yomon joyi yuq.Bir uzbek chetga chiqsada,masalan amirikaga.Usha odam Uzbekiston haqida,Uzbeklar haqida salgina nojuya gaplarni gapirsa.Kimga yoqadii.Jizzahlikkami.Yoki bulmasa Xorazmlikkami.Bundan kir qidirish kerak emas.Lekin bir hil gaplari tugri.

  9. Toshkentliman dib keriladiganla usha viloyatdan keganla, uzini kegan joyidan uyalib, nomini toshkenli kuyvogan. Asl tegi toshkenlila juda kamtar, duch kegan joyda toshkenliman dib rukach kivurmidi. Kevolib nonini eb suvini ichib, yana tuzlukka tupurish nimasi? Biza eb ula kuru kogande. Yoki borib uy joyilaga utirvolib nonilani yarimta kildimi toshkenlila?

  10. Uzidan toshkenlik yasavoganlar toshkenliman deb karillaydi. Qorqoq oldin mush kotaradi degande. U aytib quymasdan man aytivole diydi 😂 yanayam blmadim uzilar hal qvolila man toshkenga borgunimchaa 😂

  11. Eeeee jaaa jonga teydidee buuu bolar bomas gapla kim bolishidan qattiy nazar toshkenliymi viloyatmi qishlomi togdan tushkanmi hamma shu sharda nonini yeb oyilasini boqvottimi boldideee yana nima kere odamlaga hayronman.

  12. Gapizga qoshilaman. Ozim Toshkentliman. Ajratish keremas. Lekin viloyatliladayam poytaxtdayam shunaqa odamla bor. lekin bitta gapizga qoshilmiman. Agar Poytaxt Toshkent emas, Samarqand yoki boshqa bir shaxar Poytaxt bogandayam Toshkentliklar hich qachon bormasdi. Chunki hammani ozini yeri ozi uchun. Lyuboy Toshkentdan sorasela boladi, bormiydi bizani shaxar ozi yetadi ozimizga. Bitta poytaxt boganichunmas, Bekorga Toshkent diyilmagan. Poytaxt bomagan paytda oldingi, zamonlada, aholisi TOSHdek bogani uchun, hich qayoga ketmagani va dushmanlarni TOSHKENTga kirgizmagani uchun TOSH nomi berilgan. Bu azaldan mavjud. Hammani shaxari oziga. ln Samarqand, Buxoro, Xiva shaxarlarga Turist sifatida borgim keladi. Hali bormaganman. Hammamiz Ozbekistonlimiz. Ajratiw notogri. Gap faqat ln toshliladayammas, masalan man oqiganimda kop narsalani oqiwda keliwardik. Ln sila ozilacasila dib imenno viloyatlila buzib qoyardi. Imenno teskarisini qib. bazi shunaqa odamlani dib toshlilayam kotta ketganga, chiqariw kkmas. ulyam bekorga bunaqa qimidi. qaysidr viloyatlila pand bergani uchun shunaqa qigan. masalan kop toshlila ajratmiydi atrofimdila. viloyatlila bn yaxshimiza. ln ozimi onamga qattu pand bergan. Vrachla onam. nufuzli banisada ishlilla. Oldilarga vil. li shogird keldi. oyim hich qachon shogird omasdila ozi. vrachlikka oqiw kk. shogirdlikka oldila hop dib. ikkiqat qornilari bn orgattila, erinmiy. yaqin bop qoliwdi. u xotin opajon dib jonlarini olardi. oyim shirin gapga, erib iwonib ketalla. Kn u xotin organbolib glavrachi oldiga kirib, manga uzini joyini qiberin, baribir ikkiqat akan ketadi dipti. onam iwdan ketmiman dib niyat qigandila. chunki pul zaruridi. Chillasini chiqarib iwliman duvdila, dekretga chiqmiy. Glavrach yoq u pendinerka bosayam bowqa gap, man ketkazomiman, a sizi hozi olomiman. opitiz yo. Bsnisada iwlaw un opit boliw kk dgan. kn onam ewtib qoldila. u xotinga nime unaqa, qivos. sizdan hich nia omiy orgattim didila. ln u xotin nima sotvoganmisan dib baqirib ketti lolilik qib. Hozi shogirdikka osa tekinga orgstmiydi bilasla. ln oyim bir tiyin omagandila. mayli orgatiy shunga dib. kn iw taklif qib pullarini op viloyatga bowqa bittasi qochib ketgan. Hamma yoda yaxshi yomon bor. ajratiwi ozi jinnilik. Mana winaqa afirist birovga hiyonay qib afiristlani dib bazila yomon korinadi. Shunichun bazi shaxarlikla yoqtirmidi shunaqa yomon odamlani dib. bazi viloyatlilaysm toshlilani ozia yomon diydi bazi yomon insonlani dib. shunichun bu posti yoxgan odam hamma waxarlilani yomonga chiqarvoribsz, goyoki viloyatlila oppode. man ajratmaganman shu paytgava sila shunaqa gapila bn ajratasla. Hamma yoda br ysxshi yomin. tak shto ajratmela toshlilayam jasss sila oylagancalimas farosat insofi bor. bazi viloyatlilayam wunaqa mehmondost eriib ketasan. shacarga kegan viloyatlidan kora viloyati ozida yawovchi viloyatlini yaxshi koraman. chunki ula ajrarmidi. toshga kegani ajratadi odamlani korib. Adamam etalla viloyati ozidilani kop insofi bor mehomondist dilla.chunki kop shaxarga keganlardan pand yeganimizga bosa kk.

    1. Minglab odamlar nomidan bormaydi javob devormang. Buxoraga kuchsa buxorocha Xorazmga kuchsa xorazmcha shevada bir siz emas hammamiz sayrab yuboramiz. Ahir qachonlardir vatan yuragi deb atalgan joyga ham hamma intilgan, rus tilida gapirmaslik madaniyatsizlik bulgan.

    2. sila sayram yuborsela kk. ln man ozimizi nomimizdan etvoman. Toshkenlila hich qachon bormidi i ozini shevasida qoladi. chunki biza ozimoz tugilgan shaxari sevamiz. havas qimimiz bowqalaga. i Uyalmimiz. I siz mani gapimi notori chunibsz. man faqat Toshkenlila didim. sila balkim qayoqa kochib otsela balki uwani shevasida gaplawardirsila. man toshkenlila nomidan ozimizchun jb berdim. hamma, diganim yo. Keyin siz etvotgan shevada Biza ming poytaxt bogandayam gaplawmimiza. Jamoat joyida odam shaxsiy suxbatida hamma ozini shevasida suxbatlawadi. Siz adawvos. yo bowqa shevaga otib ketolismi uwa shaxarga borsez? Hamma ozini shevasida gaplawadi. A davlat tadbirlarida bosa ozimozi adabiy til bor! bu digani uwa shaxari shevasida gaplawadi lyuboy odam diganimas. Adabiy tilda ish yuritiladi. a ozizuchun shevezda gaplawasiz. Rus tili sheva, emas! Rus tili jahon tili! qaysi davlatga borsez uwa yurti tilida gaplawas. Lekin ozimizi viloyat shaxar bosa uwa ozbek tilida gaplawamiz. imenno sheva bolishi shartmas. Usha Xorazm, Buxorolilayam adabiy tili chunadi. imenno poytaxt bop qosayam ulani shevasi keremas. Siz balki ozila uchun javob bergandirsiz. manam ozim uchun ba butun Toshkenlila uchun jb beraman: biza hich qachon nima bosayam bowqa shevaga otmimiz! biza ozimizga, sodiqmiz!

    3. Ozi sila mawnaqib ajratvosilade gap boshlab man hich kormadim Toshkenlilani post qoldirib, shu temada gap ochganini.Sila boshlavossila viloyatli, shaxarlila ne ozicha mensimidi dib! indamiy bu guruhda tinchgina dostlacha suxbatlawardik! Bu posti nima keregi bor! bitta narsani hal qilarmidi? Siyqasi chiqqan tema! Bilib qoyila haqiqiy TOSHKENLILA hich qachon odam ajratmiydi. bula ozicha kevolib, ozidan uyalib ancha yilladam beri Toshkentda tirib, Toshkemli bop ketganla ajratadi. Haqiqiy toshkenlila ajratmiydi. Yozsin lyuboy chistiy Toshkenli manga man ajrataman dib. bizada unaqa odam yo. qaytangi viloyatga borse bizani mehmon qiliwadi ula keliwsa biza!

  13. Nima keragi bor ozingni yaqiningni ko’zini o’yishi. Toshkentni tuz nonini yeb toshkentliklani yomonlashni. Aylantirib kesa mansabli ishlarni hammasini viloyatlikla egallab olgan toshkentlikla sanoqlu. Hammasi yana yon atrofiga qarindoshlarini tortgan. Toshkentlila asli toshkentda kam qoganku. Kvartiralaniyam ikkita uchtalab ovogansila. Toshkentli bechara o’ziga bir honali uyam dotvolomayotibdi. Chunki viloyatdan kegan puldorla hamma kvartiralani arzon garovga sotvolib riyeltor bolib on barobar narhda sotvoti. Hamma toshkentlik ham san viloyatliksan dimidi qachonki viloyatlik toshkentlikni odam o’rnida kormay shahsiyatiga tegmaguncha. Oldin o’zinga boq kegin nog’ora qoq. Har kim o’z aybini bilsa qorni yorilib o’larkan

  14. Nega va nima SABABDAN bu mavzu. Uyat ikir chikir mayda gapku. Yigishtirlarin .Pashshadan fil yasamay. XAMMA insonku. giybatga balo bormi. Tuxtatlaring. Nimasi bu kishloki, shaxarlik . Sal manili bullaring.

  15. Ozila shu temani ochvosila. Uyatmasmi ozbekmizku hammamiz. Ozdan oziyam shunaqa temani kalla qoyib yozadimi? yo ozini korsatiwmi bu? ubu gap bogan bosa bowqa gapidi. bu guruh tinchgina kevotudi axil bop. ozdan ozi post qoyib, kovlab tawadila. Uyatmasmi? Hammaga rahmat, uzr lekin bu guruhdan chiqishga qaror qildim. Ozila boshlab yana uyalmiy shaxarlikla mensimidi disila. Agar shunaqa boganda allaqachon Toshkentda bittayam viloyatli qomasdi. Tuzini yeb, tuzlugiga tupurdi digani shunaqa bosa kere. Dost bosa olib qoladi hamma.

  16. Tuppppoooyyyyy………Yalongoch busa Toshkentli bolasan dib kim ettttiiiiiii.Vot imenno kiyimsizlilani viloyatdan dib uylashadi .Chunki shaxarlila ota onasini oldida ,nazoratda.Viloyatdan keganlani 1 oydan keyin tanib bumidi.Shaxarliladan utib,shevasi bilinmasligi uchun rus tilini chala pulcha urganib gapirishni boshlashadi.Tak chto uylab gaprila yoki yozila…….

  17. Baraka topkurlar!Naxotki shu mavzuni ommaga munozara/muxokama kilish uchun tashlaganlar toshkentliklar bilan viloyatliklarni orasini buzish uchun xarakat kilaetganini anglab etmadinglar?Kimlargadir shunaka sovukchilik tushirish kerakdir. ..axil bulaylik yurtdoshlar!

  18. Rasulullox(s.a.v.)dan rivoyat kilinadi :»ARABNI AJAMDAN USTUNLIGI YUK, MAGARAM ALLOX NAZDIDA TAKVODORIGINA BULUR». Bu bilan arablar paygambar bizdan chikkan shuning uchun boshka millatlardan avzalmiz dib kibrlanmasin.

  19. Toshkenlimi viloyatlimi buni nima farqi bor. Hammamiz odammizku. Qanaqa kiyinishiga keladigan böse bu odammi özini dunyo qarashidan. Ochiq kiyinadimi yopiqmi bu özini ishi. Xar bir ishi uchun usha inson özi javob beradi. Odam ajratish yoki uni muhokama qilish bizani ishimizmas dib öyliman…

  20. Xammalarin bir go’rsilar vaktini ketkazib internetda giybatlashgan axmoklar evi bilanda <> o’xshesilar xammalarin xaftada bir marta internetga kirilarda miyalaring tozalanib koladi.

  21. Xaaa toshkent uzi kelgindiladan tuzilganu. Xoz xamma uzini uyiga ketsin desa kim kolarkin. Keyin toshkentni siz kurmagansiz ili tuzmagansiz sizam kayerdandir kepkogan tagiz bir surishtirib kuring. Ili tarixni uking ot dushi…

  22. Toshkent xam Uzbekistonning bir bulagi. Yagona aybi poytaxt ekanligi. Kupchilik axolisi en kushni viloyat shaxarlardan kelib yashaetganlar. Asli xakikiy Toshkentlik odamlar juda mexribon ,mexmondust odamlar. Maxallalarda eski azaldan yashab kelaetgan odamlar xech odam ajratmaydi. Xozirgi ayrim domlarda turadigan ruscha aralashtirib gapirib uzini madaniyatli xisoblaydigan va asli kelib chikishi boshka millat bulib «toshkenli»bulib olganlar odam ajratib millatchilik kilishadi. Uzini erlik axoli ekanligini va boshkalarni etib kevolishgan xisoblashadi va kunda kunora janjal chikarishadi. Bunga ayrim uzbeklarimiz xam kushilishadi. Va uz millatdoshlarini kamsitib erga uriщadi. Bu millatchilikka maxalliychilikka kiradi.

  23. Men ham 5 yil (1987-1992 yillar) Toshkentda institutda o'qiganman, qizil diplomda o'qishni tamomlaganman. Lekin biror marta otshkentliklar bilan san-manga bormaganman. Bizning 40-87 EAT gruppamizda bunaqa mayda-chuyda gaplarga o'rin berilmagan, 24 nafar bolalar ahil-inoq o'qiganmiz. San Surxondansan, san Anjandan, san Xorazmdan yoki san Samarqanddansan, degan gapni eshitmagandim. Hozir ham bordi-keldimiz bor, to'y va ma'rakalarda uchrashib turamiz. Bunaqa arzimas gaplarga o'rin bermanglar, gunohga botasizlar, oradan OQIBAT ketadi, oxiratingiz kuyadi. Mustaqil O'zbekistonimizga ko'z tegmasin!!!!!!!!

  24. Hama özi tuğilgan joyda yawasin! Bzani nasibamzani kesmalarin😠 Towkenga kevop prapiskaga ötvolp özindan Towkenli yasavolasanla😠 Towkenlilani obsujdat qliw sanlagamas

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.