Bugun 650 mingdan ziyod bola birinchi sinfga qadam qo'ydi

54 views

650 mingdan ziyod bolalar O'zbekiston umumta'lim maktablarining birinchi sinflarida ta'lim olishni boshladi. 2 sentyabr' kuni mamlakatdagi barcha maktablarda Bilimlar kuni tadbirlari bo'lib o'tdi.

Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, har bir birinchi sinf o'quvchisiga 12 nomdagi o'quv qurollaridan iborat «Prezident sovg'asi» tantanali ravishda topshirildi.

Yangi o'quv yilining ilk soatlari «Mustaqillik darslari» hamda O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag'ishlangan «Xotira darslari» bilan boshlandi.

Joriy yilda O'zbekiston maktablarida 10-sinflar qayta tiklandi. Ular uchun 12 ta fan o'qitilishi nazarda tutilgan o'quv reja va dasturlari ishlab chiqilib, ular asosida 18 nomdagi darsliklar yaratildi.

Yangidan ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlari asosida umumta'lim maktablarining 1-, 4-, 6-, 7-, 10-sinflari o'quvchilari uchun 43,9 mln. nusxa darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar chop etilib, ta'lim muassasalariga etkazildi.

Axborot-resurs markazlari va umumta'lim maktablari kutubxonalarini boyitish maqsadida 28 nomdagi jami 1,2 mln nusxa lotin grafikasi asosida yaratilgan o'zbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari axborot-resurs markazlari va umumta'lim maktablari kutubxonalariga etkazib berildi.

2017 yilda respublika bo'yicha 482 ta maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Shundan 12 tasi yangidan qurib foydalanishga topshirilgan bo'lsa, 319 tasi rekonstruktsiya qilindi, 151 tasi kapital ta'mirlandi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.