Boltaboy Muhammad Qurbon: Qiyomatga qolmagan qarz

Ishdan kelib endi picha dam olmoqchi bo'lib turgan edim,tashqarida birovning “Turdiboy akaning uyi shumi?” degan ovozi eshitildi.Ovozni eshitib tashqariga chiqdim. Meni chaqirgan yigitni to'g'risi tanimadim.Salom alik qilgach uni uyga taklif qildim.
-Keling mehmon,ichkari kiring, bir piyola choyimiz bor,- deya mulozmat ko'rsatdim.
-Yo'q aka, shoshib turibman, keyingi safar.Oldingizga yordam so'rab keldim,-dedi yigit ko'ziga bilinar bilinmas yosh olib.
Tavba men biron bir mansabdor bo'lmasam.Nima ishi bor ekan.Hayolimdan har hili gaplar o'tdi shu soniyada.
-Qo'ldan kelguncha,-dedi men yigitga achinib,-Nima hizmat uka Tortinmay aytavering.
-Otam o'lim to'shagida yotibdi.Sizni bir ko'rmoqchi.Shu bolani topib kelinglar.Rozi rizolik qilay deyapdi,-dedi yigit muddoga ko'chib.
-Aybga buyurmaysiz inim, qaerliksizlar,-so'radim men,-To'g'risi sizni tanimay turibman.Otangizni ismi kim?
-Rahmat ota deyishadi.Tuman markazidanmiz.
Rahmat ota. Kim u. Uni menga nima aloqasi bor.Balki otamning qarindoshlarimikan.O'ylayverib boshim qotdi.
-Aka yo'q demang shunday olib borib, yana o'zim olib kelib qo'yaman.
-Ha mayli,- dedim ko'nib,kiyinib chiqay.
Yo'lda ketyapmiz,hali ham hayolimda o'sha gap.Rahmat otani eslashga harakat qildim, ammo bo'lmadi.Yigit ham churq etmay mashinani shamoldek eldirib borardi.Uning tez haydashidan bu uchrashuv juda muhim ekanligini angladim.
Mashina tuman markaziga etgach, tor ilon izi ko'chalardan o'tib hashamatli bir uy oldida to'xtadi.
Mashinadan tushib uyga razm soldim.Uyni ko'rib o'tmish hayolimda gavdalanganday bo'ldi.Tanish uy.Bu o'sha men bir paytlari opam bilan kelgan xonadon edi.
Yigit mashinadan tushib meni ichkariga boshladi.Ichkari xonaga kirar ekanman xonalarga asta razm soldim.Juda did bilan bezatilgan xonalar.Mebilu garniturlarni va xona tepasiga osilgan qimmatabaho qandillarni ko'rib xondon sohibining o'ziga to'q, boy ekanligini angladim.
Kasal yotgan xonaga kirdik.Bemor juda ko'pdan beri yotgan shekilli, cho'pdek ozib qolgan,rangi dokadek oqarib ketgan edi.Men borib kasalning yoniga cho'kkaladim.
-Ota mana Turdiboy akani olib keldim ,-dedi boyagi yigit.
Rahmat ota sekin qayrilib menga tomon o'grildi.Qo'lini cho'zdi.Men uning jonsiz qo'llarini kaftim orasiga oldim.
-Turdiboymisan?G'ozovotlik. Jumavoyni qaynukasi,-dedi Rahmatjon ota pichirlab siniq ovozda.
-Ha ota xuddi o'shaman.
Oh, deb ota xushidan ketdi.Darrov vrach chaqirishdi.Meni yigit imlab narigi xonaga o'tkazdi.
Men uni tanigan edim. Jumavoyni qaynukasimisan deganidan yanada aniqiroq tanidim.Shuhba gumonlarga o'rin qolmadi.Hayolimda o'sha 1983 yildagi voqealar jonlandi.
O'sha yili opamning eri Jumaboy akam to'satdan vafot etib koldi.O'n nafar bolasi bilan mushtipar opam chirqillab qolaverdi.Jumaboy akam magazinda ishlardi.Topish tutushi yaxshi ,sahiy inson edi.Kimki yordam so'rab kelsa yo'q demas.Pul desa pul, jon desa jon berguvchi odam edi.Opam xar yili tug'averganidan bolalari ham xali yosh, har birining orasidagi farq bir, bir yarim yoshar edi.
Jumaboy akamning ma'rakalari o'tib opam meni yoniga chaqirdi,Chunki opamning mendan bo'lak suyanadigan odami yo'q edida.O'sha yillari tuman gazetasida muxbir bo'lib ishlayman. Opam balki oqni qorani yaxshi biladi deb meni oldiga tutgadir o'shanda.
-Akangni yaxshi bilar eding inim,-deb gap boshladi opam,-Odamlarga yaxshilik qilgani qilgan edi. Mani shu daftarchada kimga qancha qarz bergani yozilgan ekan.Imonli, vijdonli odamlar olib kelib berishdi.Ammo ba'zilari turibdi mana.Birov shu odamlarnikiga kirib chiqsak,nima deysan.Xudoni bor deyishsa berishar.
-Xo'p bo'ladi-deb opamni qo'lidagi daftarchani olib unga ko'z yugurtirdim.Daftarchada o'n chog'li odamning ismi familiyalari keltirilgan bo'lib, ularning familiyalari to'g'risiga olgan puli ,qachon olganligi va manzili yozib qo'yilgan edi.Ba'zi birlarining ustiga chiziq tortilgan bulib,bu ularning karzlari to'langanligidan dalolat edi.
Jumaboy akamdan eng ko'p qarz olgan odam bilan qiziqib qoldim.Mana tuman markazidan Rahmatjon Sobirov 6000 so'm.(o'sha davrdagi bir mashinaning puli).Opam ham menga shu odamnikiga boraylik dedi.
Avtobusga minib tuman markaziga qarab yo'lga tushdik.So'rab surishtirib Rahmatjon akaning uyini topib bordik.Rahmatjon aka bog'da qo'yilgan so'rida choy ichib o'tirgan ekan, bizni ko'rib o'rnidan qo'zg'oldi.
U meni tanimagan bo'lsada opamni tanidi.Axir Rahmatjon aka Jumaboy akam bilan birga savdo sahasida ishlardi. Haftada bo'lmasa ham oyda bir mehmondorchlikka kelib ketib yurardi.
U opamga hamdardlik bildirgan bo'ldi.Opam erining qarzini so'rab kelganini,pulga muhtoj bo'lib qolganini aytdi.
Rahmatjon aka:”Kelin men u olgan qarzimni allaqachon berganman,eringiz sizga aytmaganmidi? “dedi.
-Agar siz qarzingizni bergan bo'lsangiz uni albattda ustiga chiziq tortib qo'yardi,Yana bilmadim.Ammo menga ham aytmadi,-dedi opam,—Agar og'a bermagan bulsangiz bering. O'n bolam bor.Endi ularni boqish mening gardanimda .Bor xudoni yo'q demang.
-Kasam ichaymi endi kelin,- dedi u jaxli chiqqan kishi bo'lib.Bolalarimni etini eyaay, etimning xaqini eguncha .Bo'ldimi!
Opam erga qarab jim qoldi va menga qarab ketdik deb imladi.
…Vrach ketdi shekilli ota sal o'ziga kelgach meni yana ichkariga chaqirishdi.Ota inqillab yotar va zo'rga nafas olardi.
-O'g'lim men nomard o'sha payti Jumaboydan olgan qarzimdan tongandim.Ha,ha tongandim.Xudo menga ko'rsatdi.Uch o'g'lim ikki qizimdan ayrildim.Me-eni-i qasam urdi.Mana o'sha pullar.Yap yangi mashina beradi bu pulga.Oborib opangga ber mendan rozi bo'lsin,Tinchgina o'lay,- dedi inqillab.
Rahmatjon otaning ayoli,qizi, kiyovi va boshka qarindoshlari ham uning yonida edi.Nima deyishimni ham bilmay qoldim.Otaning kiyovi oldimga kattagina ro'molga o'ralgan bir tugun pul qo'yib ketdi.Otani urintirib o'tgan gaplarni uzundan uzoq hikoya qilib o'tirishni o'zimiga ep ko'rmadim.Tugunni ko'tarib tashqariga chiqdim.
Hammasidan xabarim bor edi.Rahmatjon otani qasam urib farzandlari birin ketin vafot etganini ham bilardim.Faqat bittagina qizi qolib uyiga ichkiyov qilgan edi.Boya meni olib kelgan yigit otaning kiyovi ekan.
Bu dunyoning hisob kitobli ekanligiga amin bo'lib mashinaga o'tirib uyga qaytmoqchi bo'lib turgan paytimizda ichkarida “voy otam” degan yig'i sasi eshitildi.Otaning joni uzilgan edi.Rahmatjon ota qarzni qiyomatga koldirmay ollox rahmatiga doxil bo'lgandi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *