Bizga «dars» berayotgan Hayotjon!

Suratdagi kishining ismi Hayotjon, maktabimiz yaqinidagi mahallada yashaydi.
Hayotjonga mahalla yigitlari keragidan ortiq hurmat ko'rsatishadi, hech kim unga san demaydi, hamma sizlab muomala qiladi, nima uchun bu yigitga bunchalik hurmat ko'rsatishar ekan deb uylardim, keyin bilsam etarlicha sabablari bor ekan, shu sabablardan birginasini keltirib o'taman.
Mahallada Hayotjonning tilini, so'zlarini tushunadigan Akmalxon degan yigit bor, har hafta Akmalxonni uyiga kelib, taksi chaqirib berishligini so'raydi.
Akmalxon unga taksi chaqirib beradi va taksiga joylab, aravasini esa o'zi bilan olib qolib, manzilni tushuntirib jo'natvoradi.
Bu holat bir necha yildan beri davom etyapti, kunlarning birida Akmalxon taksi haydovchisi bilan ko'rishadi, haydovchi yig'lab yuboradi, yig'ining boisini so'raganda, haydovchi yigit shunday javob berdi. Bu nogiron yigit manga katta dars bo'ldi, Hayotjonning qilayotgan xayrli ishi, mani ko'zimni ochdi.
Siz bilarmidingiz Hayotjonni har hafta qaerga borishligini, Akmalxon bilmasligini aytdi.
Bu nogiron yigit ko'pchiligimizning qo'limizdan kelmagan ishni qilar ekan, har safar  to'rtta non va yana yoniga qand-qurs olib, bolaligidan unga mehr ko'rsatgan, opasini ziyorat qilar ekan.
Taksi haydovchisi so'zida davom etib, man o'zimdan nafratlanib ketyapman, soppa-soglom bo'la turib, opamdan qachon xabar olganimni eslolmayman, hozirok opamni ko'rgani boraman, deya so'zini yakunladi.

Bu voqeani eshitganimda  xayolimga kelgan ilk  fikr shu bo'ldi:  Alloh bejizga Hayotjonni hurmatga loyiq qilib qo'ymabdi, garchi u bizni o'lchovimizda  hech kimga foydasi tegmaydigan  bo'lib ko'rinadi, aslidachi to'rt muchasi sog'lom ayrim gumroh bandalarga ibrat bo'lib,  ko'pchiligimiz qilolmagan ishlarni qilib, bizni ko'zimizni ochishga, vaqt g'animat ekanligini amalda ko'rsatishga intilib yashayotgan ekan.
Alloh  Hayotjondan rozi bo'lsin va umrini ziyoda qilsin,  bizni barchamizni esa mehr-oqibatli kilsin.

Sohib  Boltaboev

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *