“Biz muammo emas, uning echimimiz!”

“Divergent” fil'midagi bosh qaxramon qizning raqibasiga aytgan gapi bor. “Shu paytgacha biz divergentlarni ovladingiz. Biz jamiyatdagi boshqa oddiy odamlardan qaysidir qobiliyatimiz bilan ajralib turishimizni o'zingizga xavf deb hisobladingiz. Jamiyatni boshqarish oson va xavfsiz bo'lishi uchun hammani qoliplarga solish kerak dedingiz. Mana endi haqiqat oshkor bo'ldi. Biz divergentlarning borligimiz aslida jamiyat tanazzuldan qutilishi va yangi imkoniyatlarga ega bo'lishi uchun eng zarur narsa ekan. TUShUNING, MEN MUAMMO EMAS, MEN – EChIMMAN ! ”.

Men ham musulmonlarning potentsiali ortishi, ularning safi va sifati ortishidan xavfsirayotgan odamlarga shu gapni aytaman!

Ko'rmagan Allohiga va borib ko'rib kelmagan jannatu do'zaxiga zarracha shak-shubxasiz ishonadigan, jilla qursa tushiga xam kirmagan oxiratning daxshatidan rostmana qo'rqadigan “g'alati” dindorlardan xavfsirayotgan odamlarga aytaman!

Dunyodagi etti yot begona insonlarni global zulmu ko'rinmas qullik zanjirlaridan qutqarish yo'lida moliyu jonini fido qilib yuborishga tayyor bo'lgan ajib aqiydadagi dindorlarni o'ziga tahdid deb biladigan odamlarga shu gapni aytaman!

BIZ DINDORLAR MUAMMO SABABChISI EMASMIZ, ASLIDA BIZ MUAMMOLARINING EChIMIMIZ!!!

Bizga yordam berolmasangiz, bizga halal bermang!

O'z tashvishlaringizdan ortib boshqalarni o'ylolmasangiz, hech bo'lmasa shunga intilayotganlarga qarshi chiqmang!

Bizning saflarimiz radikallaishb, samimiy orzular vayronkor g'araz tarafga o'zgarib ketishidan qo'rqayapsizmi? O'z safimizin o'zimiz isloh qilib olib, oyoqqa turishimizga yordam bering, yoki shunchaki shunga qo'yib bering. Bu ummat o'zining ichidagi muamolarini o'zi hal qilib olishga qodir!

Ha, musulmonlar ko'pi aslida o'zining lokomotiv ummat ekanligini, dunyoni isloh qilish va oldinga tortish missiyasi bilan chiqarilgan ummat ekanligini bilmaydi yoki tushunmaydi. Tushunganlari ham ishni nimadan boshlashni aniq bilmaydi. Lekin uyg'otilsa, yo'l ko'rsatilsa, shu isrofu behudaga ketayotgan kuchini asl missiyasini bajarishga qaratish mumkinligini ko'ra olsa, ana shunda uning ichida yashirinib yotgan imkoniyatlari shubhasiz yuzaga chiqadi.

Dunyo shundog'am katta zulmu sitamga to'lgan. O'rmon qonuni borgan sari yoyilmoqda. Eng zo'r kashfiyotu ilm-fan yutuqlari axiyri borib insonni tubanlashtirish yo'lida ishlatila boshlayapti. Buni to'xtatish uchun dindorlardan boshqa xech kim jon koyitmasligi bizga kunday ravshan. Biz bu vazifani yo'q joydan o'ylab topib, bo'ynimizga bo'yinturuq qilib olganimiz yo'q! Qaysi ahmoq og'rimagan boshiga tashvish sotib oladi, sal o'ylab ko'ring! Biz bu yo'lni basiyratan tanlab oldik! Ilm, iymonu vijdonimiz bilan anglab turib shu mashaqqatli yo'lga rozi bo'ldik!

Tanlagan yo'lingning ko'lami va mas'uliyatidan o'zingni ham ba'zan vahima bosayotgan bo'lsa, demak, rostmana ishning boshini ushlabsan, degan gap bor. Stiv Jobs aytganidek, “dunyoni o'zgartira olaman, deb faqatgina tentaklar o'ylashi mumkin. Shuning uchun ham dadil tentaklargina dunyoni rostakamiga o'zgartiradi!”

Bizning bir parcha matoni boshiga o'rab, ko'ksini to'sib yurish masalasiga shunchalik jiddiy munosabatda bo'lishimiz kimningdir ko'ziga tentaklik bo'lib ko'rinayotgandir. Lekin shunchaki tushuning, biz nima qilayotganimizni juda yaxshi bilamiz va bu narsaning muhimligini ham butun vujudimiz bilan his qilamiz. Bu kabi farzlarga amalsiz Islom tsivilizatsiyasi o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarolmaydi.

“Diniy fonni normallashtirish” kabi atay qog'ozga o'ralgan shior ostida diniy siyosat vektorini yo'naltirib turganlarga va bilib-bilmay arzimas chaqalar evaziga bu insofsiz siyosatga kosov bo'lib xizmat qilayotgan faollaru davlat vakillariga aytaman:Dindorlarning dinga amal qilishiga to'siq bo'lish — bu destruktiv narsa. Bundan ikkala tomon yutqazadi. Sizning kuchingiz, pulingiz, asabingiz va vaqtingiz bekorga sarf bo'lgani qoladi. Bizning ko'proq savob ish qilish, ilmu kasb orttirib odamlar og'irini engil qilish tashvishimiz u yoqda qolib, elementar xuquqlarimizni talashib, idorama idora sarson bo'lganimiz qoladi. Undan ko'ra Islom dinini va dindorlarning ichki energiyasini foydali ishlarga yo'naltirishga yordam bering! Jamiyatimizdagi (va dunyodagi) muammolarni hal qilish yo'lida xamkorlik qiling! Shunda ikkala tomon yutadi. Radikalizmu ekstremizm, degan uchuqtoshar bosh og'riqlardan o'z-o'zidan yo'qoladi.

 

Mana, dindorlarga eng ko'p tazyiqu zulm o'tkazgan odamlar aslida eng katta o'g'rilar, eng katta banditlar ekanligi oshkor bo'ldiku. (Prokuroru tergovchilardagi “kallaxo'r”, “antibiotik” kabi banditskiy klichkalar bekorga emas.) O'sha “terrorizmga qarshi kurash” niqobi ostida kattayu kichikni dindorlarga qarshi qayraganlar aslida mamlakatni oto'yin qilib tashlagan asl xalq dushmani — marazlar bo'lib chiqdi-ku. Biz dindorlarni asl xalq fidoyilari deb qabul qiling va bizga yordam bering, taxlanib ketgan muammolarni birga hal qilaylik, deb taklif qilaman.

Vassalom.

Azamat Andreev

15 kommentariev

  1. JUDA To'GRI yoZIBDI.TELEVIDENIEDA ODOB-AXLOK MAVZUSIGA BAGIShLANGAN Ko'RSATUVLARDA 50 yoShDAN o'TGAN AyoLLAR ELKASI, Ko'KRAGI, TIZZASI YaRIM OChIK, BOShI Ro'MOLSIZ, YaRAShMAGAN PARDOZNI KILIB OLIB NASIXAT KILIShSA JUDA XUNUK Bo'LAR EKAN. UYaT-E!!! BITTA IMOMNING TA'SIR KUChI 50 TA JURNALIST, yoZUVChI VA ShOIRLARNING TA'SIR KUChIDAN YuKORI TURADI. BU FAKT. NAMOZ o'KIMAYDIGAN INSON BARIBIR BU MAKOLANI ASL MOXIYaTINI TUShUNMAYDI.

    1. Ukajonim vodiycha madaniyat kaerda koldi? Man xayron koldim ochigi. Usha tupugingiz xozir yuzingizga tushdi, karangda yaxshilab kuzguga, kurinadi. Fayzbogda nima ayb? Agar makolada biror xatolik bulsa muallifga fikringizni madaniyatli tarzda isbot dalil bilan tushuntirsangiz bulmaydimi? 21 asrda yashayapmizku? Ma'lumotingiz xam bor ekan, buning ustiga obruli joylarda ishlagan ekansiz. Yoki siz ishlagan joyda birovni yuziga asossiz tupurish oddiy xolmi? Agar shunday bulsa xamkasblaringizga xam etkazib kuying: Kimki birovga asossiz tupurdim seni yuzinga desa guyo osmonga tupurgandek buladi va uzini yuziga chaksa bulib tushadi! Artib oling yuzingizni uka, xaliyam shaltok bulib turibdi tupugingiz yuzingizda.

    2. demak alini alamini validan olsa bulaverarkanda? men bir narsaga xayron koldim uzi. nima uchun makola kuyildi-yu, nima uchun olindi? olib tashlanganligini fakat taxmin kilish mumkin, toki uzlari aytmagunicha. eng yomon tomoni shu. usha makolani tushunish uchun uka xafa bulmangu 1990 yillarda xuddi meni yoshimda yashab kurishingiz keragidi. chunki makola aynan 40 yoshdagi auditoriya uchun yozilgan. odam kuzi bilan ukiganiga emas, kuprok kuzi bilan kurgan faktiga ishonib yashashi kerak. xozir xamma aklli. ayasini kornidan ayfon bilan tugilyapti desam adashmiman.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *