«Bloger vasvasasi»: nega ulardan qo'rqamiz?

473 views

«Blogerlarni o'qitish» haqida tomonlar o'z fikrlarini bildirib yotibdi. Xo'p, savol-da, endi.

Qaysi blogerlarni o'qitishmoqchi? Ijtimoiy tarmoqdan foydalanadigan 10 milliondan ortiq blogernimi? Yoki «follover» (kuzatuvchilari) 5000 dan ko'p bo'lgan blogerlarnimi?

Siyosat, din, ijtimoiy yo'nalishda yozadigan blogerlarnimi? Yoki junalistika diplomi bor-u, lekin rasmiy ishlamaydigan blogerlarnimi?… Kimlarni?

Blogerlik bu yangi zamon – texnologiyalar asrining ko'nikmasi hisoblanadi. Har kim bloger bo'lishi mumkin: traktorchi ham, akademik ham. Bloger umrida bir marta post yozishi yoki har kuni shu tarmoqda yozib ishlashi ham mumkin.

Bu oddiy insonning Internet texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlardan unumli foydalanishidir.

O'zi bunday «o'qitish», «nazorat» degan gaplarning paydo bo'lishiga rasmiy jurnalistikaning obro'si tushib ketganli sabab bo'ldi.

OAV, jurnalistikaning eng birinchi vazifasi nima? – Rost axborotni etkazish!

Axborot iste'molchisi uchun ROST, HAQIQAT bo'lgan axborotni olish muhim masala. Endi unga farqi yo'q – o'sha axborotni qo'shnisi aytadimi, chet ellik aytadimi, bloger aytadimi yoki rasmiy jurnalistika, OAV aytadimi. Muhimi, aldanmasin, uning axborot olishga bo'lgan ehtiyojini qondirsin.

Mana shu jarayondagi kurashda rasmiy, boshqariladigan, sistemalashtirilgan OAV, jurnalistika yutqazib qo'ymoqda nazarimda.

Azamat Begaliev

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.