“Adolat” SDP: Nega Ortiqxo'jaev avvalgi hokimlarning “hurmacha” qiliqlaridan to'g'ri saboq chiqarmadi?

787 views

“Adolat” partiyasi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jaevning internetda tarqagan jurnalistlarga qilingan tahdidli va haqoratli audiosiga munosabat bildirdi. Sotsial partiya bu voqeani inson huquqlari va uning sha'ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblaydi.

“Keyingi uch yilda O'zbekistonda inson huquqlarini ta'minlash, jumladan, ommaviy axborot vositalari, jurnalist va blogerlarga e'tibor o'zgardi. Chunonchi, mamlakatda so'z erkinligi qo'llab-quvvatlanyapti, sohaning chinakam “to'rtinchi hokimiyat” darajasiga ko'tarilishiga erishilmoqda. OAVni rag'batlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan ayni pallada ayrim rahbarlarning, xususan, ijro hokimiyati mutasaddilarining ushbu kasb vakillariga nisbatan bunday munosabati kishini jiddiy o'ylantiradi.

Nega ba'zi mansabdorlar o'z faoliyatida OAVga suyanishning o'rniga bepisandlik bilan yondashmoqda?
Nima sababdan avvalgi ba'zi mutasaddilarning “hurmacha” qiliqlaridan poytaxt hokimi J.Ortiqxo'jaev to'g'ri saboq chiqarmadi?

Hokimning og'zidan yangragan so'zlar nafaqat jurnalist yoki bloger, balki eshitgan har bir quloq uchun og'ir botadi. Inson huquqlari ustuvor jamiyatda bu holatni qanday hazm qilish mumkin?

Ushbu holatga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan himoyaviy chora kutib qolamiz.

Shuningdek, jurnalist va blogerlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta'minlanishidagi hissasini hamda jamiyatimizda adolatni o'rnatishdagi faolligini e'tirof etgan holda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo'jaevga nisbatan qonunda belgilangan tartibda qat'iy chora ko'rilishini so'raymiz.”

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *

Etot sayt ispol'zuet Akismet dlya bor'bы so spamom. Uznayte kak obrabatыvayutsya vashi dannыe kommentariev.