Foto: Tuman hokimligi, viloyat hokimligi va tuman sog'liqni saqlash boshqarmasidagilar bu holatdan xabardormikan?

Quyida keltirilgan suratlardagi bino tashlandiq, hech kim yashamaydigan bino emas. Farg'ona viloyati, O'zbeksiton tumani, Qoratepa QFYga qarashli Shifoxona. Mana shu binoda ellikka yaqin insonlar yotib davolanmoqda. Muolaja uchun yuzlab odamlar kelib ketadi. Bino avariya holatida. Binoda isitish tizimi yo'q. Sharoit yo'q. Lekin mana shunday ahvolda shifokor va hamshiralar bemorlarga tibbiy (agar bu sharoitni tibbiy yordam berish deb bo'lsa) yordam ko'rsatmoqda. Bu binoda sog' odam yotsa, bu ahvolda aniq kasal bo'ladi. Bugungi kunda prezident «birinchi o'rinda sog'liq» demoqda. Tuman hokimligi, viloyat hokimligi va tuman sog'liqni saqlash boshqarmasidagilar bu holatdan xabardormikan? O'z yaqinlari kasal bo'lsa shu erga yotqizarmikan?

O'tgan yili Sog'liqni saqlash vazirligiga byudjetdan ajratilgan pul ishlatilmay qolib ketgani haqida bayonot berishgandi. Byudjetdan ajratilgan pullarni ishlatmay, ishlata olmay, to'g'ri tasarruf eta olmagan rahbarlarga mingdan ming «rahmatlar» aytgin keladi.

Bu binoda davolanayotgan bemorlarga: Sizlarning kelajaklaring buyuk, shukr qilinglar. Sovuq, avariya holatidagi binoda, ustinglardan chakka o'tib yotsanglar ham osmonimiz musaffo, degim keldi.

Sayid Islom

2 kommentariya

  1. Bir necha marta borganman. Zur, malakali shifokorlari bor. Atrof kishloklar shu erga kelishadi. Xakikatdan binolari ikkinchi jaxon urushini eslatadi. Kaekka karaydi mutasaddilar???

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *