Diskoteka

Bolaligimda bu so'zni ko'p bora eshitardim. Qanday joy ekanligini kinolardan ko'rib, tasavvur uyg'ongan edi. Toshkentga borganimda o'z ko'zim bilan «Diskoteka»ga ko'zim tushgan. Jirkanganman. Poytaxt ko'zimga boshqa dunyo kabi ko'ringan. Birinchi aytgan gapim «Alhamdulillah, bizda bunday jirkanch narsalar yo'q», degandim.

Yaqin-yaqingacha bunday joylarni Poytaxtdan boshqa erda uchratmas edik.

*******

Farg'ona viloyati, Yangiqo'rg'on tumanida uchta «Diskoteka» faoliyat olib borar edi. «Vavilon», «Troya» degan nom ostida ochilgan «Diskoteka»lar shu qadar mashhur ediki, dovrug'i butun vodiyga tarqalgandi. Vodiyni ko'p erlaridan bu «Diskoteka» nomi ostidagi «Striptizniy klub»larga odamlar kelar edi. Edi, deyishimga sabab, bu fahshxonalar ikki hafta avval barchasi yopildi. Yopilishiga asosiy sabab: Xalq noroziligi bo'ldi. Yangiqo'rg'onliklar bu ishlarga qattiq norozilik bildirib, yopib yuborishdi. O'tmishda «bosmachi» nomi ostidagi Shermatlarni tarbiya qilgan bu erliklarda hali or-nomus, mas'uliyat, farzandlar tarbiyasiga e'tibor bor ekan.

*******

Quyidagi rasmlarda Qo'qon shahridagi ikkita eng ashaddiy «diskoteka»lar ilova qilindi. «Yagona» va «Troy» nomi ostidagi bu fahshxonalar Qo'qonliklar tarafidan: «Iymon shaxri, islom shahri, xonlar shahri», deb maqtaladigan bizning shahrimizda faoliyat olib boryapti. Qo'qonliklar tilida «harp», «qishloqi», deb atalidagan Yangiqo'rg'onliklar beparvo bo'lmagan bu maskanlar Qo'qonda bemalol ishlab turibdi. Qo'qonliklarda or-nomus yo'qmi? Farzandlar tarbiyasiga e'tibor yo'qmi? Nima uchun bu ishlarga panja ortidan qarab, barchasiga ko'z yumamiz?

*****

«Biz sekulyar davlatmiz, erkinlikni cheklashga hech kimni haqi yo'q, kim xohlasa masjidga, kim xohlasa diskotekaga borsin», deydiganlar bir oz shoshmasin. Tun kirishi bilan bu maskan eshigi ostida to'planadigan odamlarga nazar tashladim. Masjidlar eshigi ostida turib, voyaga etmaganlarni qaytaradigan militsiya xodimlari yo'q. Go'dak bo'lgan qizlar, kollej yoshidagi yigitlar tanish-bilish qilib kirib ketayotganiga hech kim e'tibor qaratayotgani ham yo'q. Bu fahshxonalar qo'shmachi va fohishalarni «klient» ovlaydigan maskaniga aylangan. Kimga fohisha kerak bo'lsa joyni ham, qizni ham topib beradigan odamlar uchun tayyor ish joyi. Avvallari «trassa» deb nomlanadigan «Charxiy» ko'chalarida endi bu fohishalarni uchratmaysiz. Ular o'ziga juda yaxshi makon topgan.

Diskotekalar «Tramadol», «Lirika», kabi giyohvand moddalar turkumiga kiruvchi tabletkalar bozoriga aylangan. Qora dori, kakain, nasha kabi “narkotik“larni ortda qoldirgan bu tabletkalar, yoshlarni ajal sari etaklaydigan og'uga aylangan. Kunda-kun ora pichoqbozliklar bo'lishi oqibatida, bir necha insonlar umriga nuqta qo'yiladi. Kollej va institutlardagi pichoqbozliklar ildizi mana shu erda tomir otayotgan bo'lsa ne ajab…

Bugun biz «Milliylik, Ma'naviyat, islom» deb jar solyapmiz. Milliylik tomiriga tushgan qurt, ma'naviyatni kemiruvchi bu balolarni esa ko'rmaganga olib ketamiz. Mutasaddilar «yot g'oyalar, aqidaparastlar», deb islom va uning shiorlari bo'lmish soqol va hijob bilan kurashib yurgan vaqtlarida, yoshlar haqiqiy yot g'oyalar ta'siriga tushib qolyapti. Masjidga kirishidan emas, mana shunday fahsh maskanlariga kirishidan qaytarganimizda, yot g'oyalar, g'arb madaniyatiga tushib, dinini, millatini, yoshligini sotib yuborayotgan mana shu avlod bilan kurashganimizda — ahvol bu darajada ayanchli bo'lmas edi. Afsuski, bu kabi maskanlar bemalol faoliyat yurityapti. Hech kimni parvosiga kelmaydi…

Barcha-barchadan bu postni tarqatishlarini, diskoteka nomi ostidagi fahshxonalarga qarshi ekanini bildirishlarini, har kim imkoni darajasida o'z shaxarlaridagi shunday maskanlarni yopilishi uchun qo'ldan kelgancha harakat qishlarini iltimos qilardim. Beparvo bo'lmaylik!

© Sayyid Islom

4 kommentariya

  1. Xamma zamonlar uchun dolzarb mavzu… Bozor degan narsa bor. Tovar yoki xizmat kursatib jamiyat kun kechiradi. Xar kanday tovar yoki xizmatni narxini talab va taklif, xaridorlar munosabati belgilaydi. Agar kaysidir tovar bozorda kup bulsa uni narxi arzon buladi, kaysinisi kamyob bulsa uni narxi kimmat buladi. Bu tendentsiya nafakat bozorda balki ijtimoiy xayotimizda xam uz aksini topadi. Agar mana shunday diskotelaraga talab bulmasa xech kaysi ishbilarmon buncha pul sarflab bunday biznesga kul urmaydi.

  2. Maxalliychilik kilmang, odamlar bir foyda qilaman deb o'n zarar etkazadi. Shu o'zini dindor bilganlar muloyim gapirishni bilmaydi. Shayx xazratlaridan xech o'rganishmagan. Andijonda Ulug'bek qori bor edi, xar gapida xarp, konserva banka, tupoy deb va'z qilardi.

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *