«Paxtakor»ning chempionligi haqqoniymidi?

Endi futbolimiz o'zgaradi. Majburlab pul yig'ilmaydi, o'yinlar kelishilmaydi, Babayan bo'lmaydi, kal Geynrix terma jamoaga chaqirilmaydi, xullas juda ko'p «muammolarimiz» bir nutq bilan echilib ketgandek, nazarimda. Ammo…

2006 yilda bir jinoiy ish yuzasidan Italiyaning «Yuventus» klubi bosh direktori Luchiano Modjining telefon qo'ng'iroqlari «eshitilganda», boshqa haqiqatlar yuzaga chiqadi — Modji 2004/05 mavsumda jamoasi o'yinlariga «o'z hakamlarini» tayinlashdi ba'zi funktsionerlar bilan muloqotlar qilar ekan. Ish kattalashib ketadi va:

— Luchiano Modji umrbod futboldan chetlatiladi, kelishilgan o'yinlar uyushtirgani uchun Neapol' sudi uni besh yilga ozodlikdan mahrum qiladi.
— hakam Massimo de Santis 4.5 yilga futboldan chetlashtiriladi.
— Italiya futbol federatsiyasi prezidenti va vitse-prezidenti iste'foga chiqadilar.
— «Rejjina» prezidenti Lilo Fonti 20 ming funt jarima to'lab, 2.5 yilga futboldan chetlashtiriladi.
— Adriano Galiani 5 oyga futboldan chetlashtiriladi.
— «Yuventus» ijrochi direktori Antonio Jiraudo umrbod futboldan chetlashtiriladi.
— «Milan», «Latsio» va «Fiorentina» V seriyaga surgun qilinishadi, ammo appelyatsiyadan keyin jarima ochkolari bilan birga A Seriyada qolishadi.
— «Yuventus» V seriyaga surgun qilinadi va Chempionlar Ligasidagi o'rnidan mahrum qilinadi. Ikki chempionlik tortib olinadi.

2015 yilgi chempionatda «Paxtakor» — «Metallurg» o'yinida 0:2 hisobida orqada borayotib, ikki golni penal'tidan urib 3:2 hisobida g'alaba qozongan, mazkur o'yinning kelishilganlik alomatlari bo'lganiga ishora qilingandi. Gap faqat ikkita penal'ti qo'ygan hakamda emas, «Metallurg» bosh murabbiyini o'sha o'yindan keyin mavsum oxirigacha futboldan chetlatilganini ham eslaymiz. «Paxtakor» haqida esa, O'FF ning o'sha paytdagi prezidenti Mirabror Usmonov achchiq gaplarni aytgan — «bunday g'alaba bilan ertaga qaysi yuz bilan chempionlik medalini taqib yurisharkin?».

Usmonov bu masalaga o'sha mavsum oxirida yana qaytilishini va yana kimdir qattiq jazolanishini va'da bergandi. Keyinchalik, «Paxtakor» chempionlik medalini taqdi, hech kim jazolanmadi, hammasi «unutildi». Aslida nima bo'lgandi, kim kim bilan kelishgan, kim kimga qo'ng'iroq qilgan, hammasi mavhumligicha qolgandi.

Eslayotganimning sababi, bu mavzuga tunov kuni endi O'FAning yangi prezidenti Ochilboy Ramatov ham qaytdi.

«O'yinlarda ofsayddan urilgan gollar hisobga olinishi, yo'q joydan penal'ti berilishi, bor penal'ti berilmasligi, , futbolchilar raqibga penal'ti ishlab yordam berishi kuzatiladi.
Ikki yil oldin bo'lgan «Metallurg» bilan «Paxtakor» o'yinini bilasizlar-a? Kimlardir aralashgandi. Bu o'zbek futbolidagi eng ahmoqgarchilik bo'lgandi. G'irrom bo'lgan joyga muxlis kelmaydi-ku?», — deb kuyinib gapirdi O'FA rahbari.

Hammasi tushunarli. G'irrom deyilganda faqat hakamning harakatlari nazarda tutilmagani shubhasiz, chunki Ramatov ham «kimlardir aralashgandi» deyapti.

Bunday bayonotdan keyin qanday voqea sodir bo'lishi kerak?

Birinchi variant, 
O'FA rahbarining so'zlari juda qimmat turadi. Bir gap aytildimi, uning orqasida aniq isbot va dalil bo'lishi kerak. Demak, keyingi harakat o'sha voqea yuzasidan dalillarning taqdim etilishi va aslida nima voqea bo'lgani ochiq oydin ommaga ma'lum qilinishi shart. Shuningdek, o'sha voqeada ishtirok etgan «kimlardir» oshkor qilinib, ular jazolanishi, o'sha o'yin natijasi bekor qilinib, «Paxtakor»ni nafaqat o'sha o'yindagi uch ochkodan, umuman o'sha mavsumdagi chempionlikdan mahrum qilinishi lozim.

Bir necha muxlisning so'kinishi uchun klublar yuz millionlab jarima to'layotgan bir paytda, bir klubning o'sha «so'kinish ma'nosidagi ishni» o'zbek futboliga nisbatan qilishiga nega ko'z yumilishi kerak? Axir Turinning «Yuventus» klubining ham o'tgan chempionatdagi ishlari kavlanib, oqibatda 2 chempionlik unvonidan mahrum qilinmaganmidi?

To'g'ri, o'sha paytdagi «Paxtakor» rahbarlari hozir yo'q, butunlay boshqa insonlar tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, klub o'sha, chempionlik unvoni muzeyda turibdi, axir o'g'rini ushlashgach, o'g'irlangan mol ortga qaytarilmaydimi?

Ikkinchi variant,
Ramatovda ham, ikki yil oldingi Usmonovda ham «Paxtakor»ni jazolashga etarli asos ham, dalil ham yo'q. Usmonov o'shanda o'yin atrofida paydo bo'lgan gap-so'zlardan kelib chiqib, Ramatov esa, o'sha paytdagi «Paxtakor»ning asosiy raqibi «Lokomotiv» rahbari bo'lgani uchun, o'sha voqea qattiq ta'sir qilib, haligacha esdan chiqmaganlikdan aytib yuborgan bo'lishi mumkin.

Mumkin, divanda o'tirganimizda, ya'ni hech qanday aniq ma'lumot bo'lmaganda, hamma variantni hisobga olishga majburmiz.

U holda, «Paxtakor» o'z sha'nini himoya qilishi, O'FA rahbarini tuhmatda, klub sha'niga putur etkazishda, asossiz ayb qo'yishda ayblashi kerak. Jamoaning «Metallurg» bilan o'yindagi halol irodali g'alabasi va buning orqasidan o'sha yilgi chempionligi shubha ostiga olinmoqda, buni butun O'zbekiston eshitmoqda, o'qimoqda. Klub uchun o'z sha'ni, imiji muhim emasmi?

Agar men yoki boshqa jurnalist «Paxtakor»ni kelishilgan o'yinlarda ayblab maqola yozsam, ertasigayoq klub rasmiy saytida shapaloqdek raddiya chiqishiga ishonaman. Bunday holatlar juda ko'p kuzatilgan, klub matbuot hizmatining bu borada juda faolligi va klub sha'nini munosib himoya qila olishiga ko'p bor guvoh bo'lganman va boshqa klublar ham bundan o'rnak olsa arziydi. Ammo nega klub hozir jim? Ramatovga, oddiy jurnalist emas, rasmiy shaxsga, aynan futbolimizning boshida turgan insonning bu aybloviga nega jim turibdi?

Balki bu nutq yana ikki yilga unutilib ketishidan umidvordir? Voqeani yana kavlab, isbot talab qilinsa, vaziyat chigallashib ketishidan qo'rqilmoqdami? Ya'ni O'FA prezidenti qo'lida rostan ham isbot borki, «Paxtakor» buni biladimi?

Har qanday holatda ham bunday bayonotlar shunchaki, jimjitlik bilan o'tib ketmasligi, orqasidan, yo u yoki bu jarayonning boshlanishiga xizmat qilishi shart edi. Ammo hozircha o'zgarish yo'q.

Hech narsa o'zgargani yo'q.

Qahramon Aslanov

Manba: tribuna.uz

47 kommentariev

  1. Geynrixga til tegkizmang !
    U xalol uynadi !
    Boshkalarga uxshab kulidan xech narsa kelmayotganini bilib turib joyni band kilmadi !
    Sasha mexnat kildi !
    Shu kariya yoshlar kila olmaganini kila oldi !
    Erkak bulib uzi ketdi !

    1. Juda togri fikr,Terma jamoani ohirigacha eng kereli paytlada qutqarib kegan Geynrih boladi,bizada odamlani saviyasi juda past,15 yillik yurakdan hizmat qiganini 1 kunda esdan chiqarishadi

  2. TERMA JAMOANING OMADSIZLIGIDA YAGONA AYBDOR BU MURABBIY A TAK XARAKAT QILISHDI OZGINA ETMADI AFSUS LEKIN KELAJAKKA YAXSHI KUZ BILAN QARAYLIK BIZDA MANASHUNAQA ZUR YOSHLARIMIZ BOR OMADIMIZ KELADI ALBATTA

  3. Ayib Genirixda emasku , ayib UFF rahbarlarida. Hech bulmaganda sungi uyin oldidan terma jamoa murabbiyini almashtirganda edi biz jahon chimpiyonatida bulishimiz ham mukin edi.

  4. Nima uchun futbol bizni xisobimizdan yashashi kerak? Nima uchun yaxshi uyin kursatib,stadionlarni muxlislarga,fanatlariga tuldirisholmaydi? Uzini uzi koplamaydi,oklamaydi? Nima uchun?? Mayli,shunchalik kup mablag ketdi,nimaga biron bir marta xam yaxshi natija kursata olmaydi? Millat rivoji,e'tikodi, gururi,ori,obrusi, futbol bilan boglikmi? Natija yuk,bulmaydi xam. Sababi esa oddiy,ugirlik,manfaatdorlik,yolgon shou bu futbol. Pul uzlashtirish fakat. Millatning,xalkning farovonligi, sixat-salomatligi,xayot tarzi fakat shunga boglik emasku? Chetdagi klublar foyda bermasa,tugatiladi,fakat yaxshi uynagani,natija kursatgani koladi. Yaxshi uyinchilar xududlardan,kichik maxalliy komandalardan chikadi,yigiladi,terma uchun selektsiya kilinadi. Karindosh,tanish,ogayni orkali olinmaydi, kizikishi borlar,fanatlar kullaydi,xomiylar ta'minlaydi,kutaradi, maxalla,kucha,tuman mikyosidagi uyini xam zavk beradi.yolgoni yuk,firibgarlik yuk bulsa. Katta daryolar xam kichik irmok,jilgalardan boshlanadi.. Asos pastdan boshlanadi.. Xalkni sharoiti,imkoni kutarsa, rivojlanadi,yuksaladi.

  5. Nimaga Geynrixni qariya deyishadi a bular? Pasport buyicha Jeparov va Nesterovdan kichigu! Xaydarov, Ismoilovlardan bir yosh, Tursunov Sanjar, Bikmaevlardan ikki yosh, Axmedov, Galiulin, Afoninlardan uch yoshgina kottayu ja borsa! Aybi millati nemisligidami?

  6. Do'stlar, bu erda Geynrix prichyom?? Birov maqolada Geynrixni yomonlaganmi? Maqolani o'qib chiqdinglarmi o'zi? «Kal Geynrix» deb, muallif O'FA yangi rahbari Ramatovning so'zlaridan iqtibos keltirib aytyapti. Fikr bildirishdan oldin maqolani o'qib chiqishingizni tavsiya qilgan bo'lardim.

  7. Paxtakorni chempionligi xakkoniy Babayansiz.
    Babayan bilan xakkoniy emas .
    Uzb.ni JCh 89 yillarni olib chikkan A.Estafev edi usha payt Paxtakorda ishlardi jamoa uzagi Paxtakorchilar edi .
    2012 yil Osiyo chempioni bulgan jamoa 16yoshlilar D.Nuraliev jamoasi deyarli Paxtakor maktabi bollari edi murabiysi xam Paxtakordan xullas mavzuni yopilar Paxtakordan yaxshi bollar doimo chikkan va termaga munosib xissa kushgan kuni kecha Osiyo chempioni bulgan termani negizi xam Paxtakorchilar Yaxshiboev ,Urinboev anu Kukonda ijarada yurgan Siddikov bilan Sidorov xam asli Paxtakorchilar edi

  8. Geynrix zur uyinchi. U maydonda kanaka kayfiyat ulashishini esdan chikarmang. Asosiy kerakli gollarni shu bola urib selfi tushganda xamma raxmat aytgan. Manimcha siz futbolni tushunmaysiz. Bular bulmas gap ezmang

  9. 2015 yilgi Paxtakorning chempionligi xakkoniy bulmagan usha yili Paxtakor Navbaxor bilan ikkala uyinda xam kushimcha dakikalarda xakam tomonidan noxak kuyilgan penaltilar natijasida galaba kozongan Toshkentdagi uyinda 95 dakikada Namangandagi uyinda 97 dakikada penalti belgilangan xullas penaltigacha uyin noxak ravishda xakam tomonidan chuzilgan

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *