«Buzuqxona»dagi qotillikda o'qituvchi aybdormi?!

Birinchi qism. «BUZUQXONA»

Denovda bir nechta “buzuqxonalar” bor. Ular doim bo'lganligi bir masala, ammo, bu joylar mas'ul idoralarning naqd tumshug'ining tagida faoliyat yuritgani – boshqa masala… Xullas, hamma biladi. Bu erga hatto kollej o'quvchilari ham borishini bilishadi…

Bir necha kun avval bu erga bir nechta kollej o'quvchilari, o'z odatlariga muvofiq, kelishibdi. O'zlari bilan bir maktab o'quvchisini ham olib kelishibdi. Nima bo'libdi-nima qo'yibdi – buzuqhonaning “mudirasi” o'sha maktab o'quvchisini pichoq urib o'ldiribdi…

Ikkinchi qism. BALOGARDON

Bunday buzuqxonalarning “faoliyati” haqida hamma biladi, ammo, biron korhol bo'lib qolsa – hamma oppoq. Faqat bitta aybdor – maktab! Maktab direktori va o'sha bola o'qigan sinf rahbari ishdan ketadi, deyishayapti odamlar. Savol: nima uchun? Javob: boshqa kattakonlar, o'sha – hammasini bilib turgan kattakonlar – aybdor bo'lmasligi uchun… Chunki ular kattakonda. O'qituvchi esa – mayda odam. Holbuki buzuqxonalarni yo'qotish kuchiga o'qituvchi ega emas, bu kuchga kattakonlar ega.

Uchinchi qism. MA'NAVIYaT

Ma'naviyat so'zi ko'p takrorlanayapti. Ayanchli tarafi shuki – bu so'z shunchaki, so'zning ma'nosiga etmasdan, quruq so'z sifatida aytilayapti. Ulkan ma'noli bir so'z ma'nosiga etmasdan takrorlanaversa, birozdan so'ng me'daga uradi. Bizda ham shu – yaqin orada bu so'zdan ko'nglimiz ayniy boshlaydi. Nega? Chunki o'sha, hozirda bu so'zni ko'p aytayotganlardan “ma'naviyat nima o'zi?” – deb so'rangchi…

Ma'naviyat xayoliy-falsafiy-noaniq tushuncha emas. Uning nimaligini buyuk ajdodlarimiz yaxshi bilishgan va buni bilganlari o'laroq – shu ila dunyoga ustoz bo'lishgan. Biz esa bilmay-tushunmay bu so'zni takrorlashda davom etadigan bo'lsak, bolalarimiz fohishaxonalarda ma'nan, gohida esa jisman, halok bo'layotganini eshitib turaveramiz.

To'rtinchi qism. MUROJAAT

Surxondaryo hokimiga: «Asl aybdorlarni javobgarlikka torting, o'qituvchini emas!»

Muhammad Shakur

7 kommentariev

  1. 7 sinfda ukigan paytimda maktabdan 2 bekatga xar doimgidek pieda emas tramvayga chikkanim uchun otamdan rosa gap eshitganman.Kiz bola narsa tramvayga chikib kaerga bording maxallani ichidan uyga kelmasdan deb.
    Keyinchalik bilsam maktabimizdagi ukituvchi otamga aytib berganakan.
    Bir bolaga 7 maxalla javobgar deyilardi.
    Ukituvchi maxalla kuni kushnilar befark bulgani uchun kizlarimiz shu axvolga tushyapti

  2. Bunga ota ona ayibdor chunki muallimlar bolani uyigacha kuzatmiydiku ota onam kundaligimga karab qaysi payt qaytishimni aytib junatishardi

  3. Hammasini teng ma’noda aybi bor.
    Ota ona tarbiya berolmagn beetibor bo’lgani uchun.
    O’qituvchining o’zini bilimi past bo’lganligidan.
    Fohishalarni esa aytmasaham bo’ladi IIB ulartan katta katta pulni yeb yuradi.

Izoh yozish mumkin emas!