«Buyuk ipak yo'li» bilan dong taratgan xalq qaerda qoldi?!

1991-2000 yillar juda ko'pchilik, xususan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun juda omadli bo'ldi. Azal-azaldan savdo-sotiq orqali nom qozongan xalqimiz Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston yurtlarida ko'rinish berib, bozorlarda chaqqon edilar. Chet el fuqarolari hali ham bizning xalqimizni uddaburon savdogar sifatida hurmat qilishlari bor gap. Qanday qilib biz 2000 yildan keyin shu qadar pastga sho'ng'ib ketdik? Quyida feysbuk foydalanuvchisi Dilnur Kamilov ham shu haqda mulohaza yuritadi.

Mustaqillikdan keyingi yillarni yaxshi eslayman. Ota onam savdo sotiq bilan shug'ullanib, Toshkentdan Qozog'istonning Turkiston shahriga yuk olib ketib sotishardi. Shu vaqtlarda ota-onamga yordamchi bo'lib xaftada 2-3 marta Toshkent-Turkiston «PAZ» avtobuslarida qatnar edik. Avvaliga «Chorsu» bozori, keyinchalik «Ippodrom»dan mol olardik.

Shu davrlarni bugun eslasam, Toshkent bozorlari Markaziy Osiyoda ulgurji yirik Savdo Markazlari bo'lgan ekan. Bir qancha o'nlab avtobuslar to'la savdogarlar Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston va Tojikistondan Toshkentga kelishardi. Bu esa o'z o'rnida valyuta kirimini ta'minlar edi.

Qozog'iston iqtisodiyoti shok terapiyani boshlab yuborgan vaqtlar edi. Qozog'istondan odamlar kirib non olib ketishardi hatto. Ahvol-vaziyat juda qiyin bo'lgan. O'zbekistonda esa savdo-sotiq gullab, aholining moddiy ahvoloti Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng turg'uni edi. Xullas, gapirsa gap ko'p.

2000 yillardan keyin qanday holat yuzaga keldi? Qo'shnilar bilan kelishmovchiliklar, chegaradagi qiyinchiliklar, O'zbekiston ichida turli «ChP» vaziyatlar o'rtaga chiqib, tom ma'noda aksiga aylandi-qo'ydi.
Odamlar ommaviy ravishda Qozog'istonning Chimkentiga, Qirg'izistonning Qorasuviga borib mol olib keladigan, hatto kiyim kechaklarini shu erlardan xarid qiladigan bo'lishdi. Aksariyat ahlimiz o'sha davrlarda mamlakatimiz ichida o'zini o'zi ta'minlar edi. Rossiyaga, Qozog'istonga ketib mardikor, «gastarbayter», qul bo'lib yurganini deyarli eshitmas edik.

Vaqtlar o'tib ishning «ko'zini» biladigan, uddaburron, asrlar davomida savdo sotiq, «Buyuk ipak yo'li» bilan dong taratgan bu xalq qulga aylandi. Ommaviy ravishda mehnat migratsiyasi boshlanib ketdi. Aholini ham ish bilan, ham iste'mol tovarlari bilan ta'minlab turgan bu bozorlarimiz, ko'rinish jihatidan zamonaviylashib «butik»larga aylantirilgani bilan ichida savdogarlar «pashsha qo'rib» o'tiradigan bo'lishdi. Chegaralar yopildi…

Bugun-chi? Bugun ahvol qay darajada?

Bugun qo'shni mamlakatlar allaqachon boshdan o'tkazib bo'lgan shok terapiya yurtimizda endi boshlangandek taassurot uyg'otmoqda. Mana, shu yil boshidan chegara nazorat punktlarida ahvol ancha yumshatilishi bilan, aholimiz ommaviy Qozog'iston hududiga o'zini ura boshladi. Chernyaevka chegara punktida uzun navbatlar xosil bo'lyapti. Chegaradan o'tish 3 soatgacha vaqtni olyapti. Odamlarimiz hech kaerga aylanish uchun ketishmayapti. Tirikchilik g'amida, arzon ekan deb narsa tashish bilan ovvora. Chegaradagi bu holatni — baqir-chaqir, ur-yiqni ko'rib, behosdan «nima balo, ochofat bo'lib ketganmi bu xalq?» degan xayol miyada o'tlab qoladi. Aslida unday emas. Nima qilishsin? Ahvol chatoq. Qorin g'ami shu ko'yga tushirib qo'yyapti odamni…

Qozog'istonning Jibek-Jolы chegara punktidan o'tishingiz bilan «Evrofud» bozorida savdo qaynayapti. O'z-o'zidan qozoq bozorlarida talab ko'tarilib ketgan. Shu bilan birga narxlar ko'tarilishi keskin sezildi. «Sartlar kelib, narx-navolarimizni ko'tarvorishdi», deb yurganlar qancha.

Markaziy Osiyoda yirik Savdo markazi bo'lib turgan bu yurt qanday qilib mardikor bozori, qul bozoriga aylanishga ulgurdi? Iqtisodiy o'sish, rivojlanish bo'lmasa, iqtisodiyot to'xtab qolsayam mayli, ammo noldan pastiga qarab kalla otish uchun qaysi tana a'zosi bilan o'ylashdi ekan bu rahbarlar? Kanday qilib shu ahvolga tushdik?

Dilnur Kamilov

6 kommentariev

  1. Hurmatli maqola muallifi DILNUR KAMILOV
    Bu maqolangizdan maqsad nimaligini tushuntirib bersangiz.
    Menimcha bir buyuk insonni ruhini xafa qilib qo’yayapsiz bu maqolangiz bilan.

  2. Juda tugri!Uzbeklarni er bilan bir kilganlar kimlar?Bu sharmandalikning orkasida kimlar turibti?Bu sharmandalikning orkasidan avsanoviy ravishda boyiganlarni xalk va davlat juda yaxshi bilishadi!Ular shunday sistema yaratishdiki,xalk kornidan boshka narsani uylamay kuydi!

  3. Hech kimni ruhi hafa boʻlmaydi. Oddiy fuqaro sifatida koʻrgan va bilganlarini javobini soʻrayapti. Toʻgʻri mulohaza qilayapti. Yoki siz bunday emas demoqchimisiz?

Izoh qoldirish

Vash e-mail ne budet opublikovan. Obyazatel'nыe polya pomechenы *